Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, Ta’lim Vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov va IT Park Direktori Farhod Ibragimov AQShga tashrifi davomida Apple kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda kompaniya va AKT Vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, muzokaralar davomida tomonlar Appleʼning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish, jumladan, mavjud 5G tarmoqlarida iPhone’dan foydalanish imkoniyatini yaratish va Appstore’da mahalliy dasturchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratdilar.
Kompaniya vakillariga ApplePay’ni O‘zbekistonda joriy etish va Swift dasturlash tilini targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qilish taklif etildi.
2022-06-27