Avstriyaning “Bit Media e-solutions” IT kompaniyasi vakili IT Park’ga tashrif buyurdi

Joriy yilning 27-aprel kuni Avstriyaning “Bit Media e-solutions” IT kompaniyasi vakili Avstriya biznes missiyasi uchun O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi doirasida IT Park’ga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov, “Bit Media e-solutions” kompaniyasi vakili Stefan Dyuss, IT Park startap ekotizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Rajabov hamda boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ikkala tomon axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar kelgusi hamkorlik va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Ma’lumot o‘rnida:

“BitMedia” kompaniyasi jahon bozorida 20 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniya ta’lim muassasalari, e-learning tashkilotlari uchun kerakli texnologiya hamda turli xil yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan. Kompaniya quyudagi turdagi xizmatlarni taqdim etadi: LMS, e-testing, video production, content customization, explanatory videos, blended learning uchun yechimlar, onboarding va boshqalar. Bundan tashqari, kompaniya ta’lim sohasida VR, Gamebased learning, mobile solutions kabi innovatsion yechimlarni tadbiq etib kelmoqda.  Kompaniyada dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq xodim ishlaydi.

2021-04-30