Biznes xaloskorlari maktabi: mentorlar hamda ta'lim jarayonida olinadigan bilimlar haqida

Avvalroq biz biznes xaloskorlari maktabiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilgan edik. Unda xorijdan bo‘lgan o‘z ishining professionallari mahalliy tadbirkorlarga venchur investitsiyalari haqida bilgan barcha narsalarini so‘zlab beradilar.

Va 2021-yil 18-yanvar biznes xaloskorlar maktabiga ro‘yxatdan o‘tish yopilgan edi. Umumiy, 300 dan ortiq ariza kelib tushdi. Shu munosabat bilan bugun biz sizning e’tiboringizni o‘quv davomida bo‘lajak biznes xaloskorlari bilan kimlar ishlashini va natijada ular nimalarni o‘rgana olishiga qaratmoqchimiz.

Eslatib o‘tamiz, biznes xaloskorlari maktabi O‘zbekiston Respublikasining investisiya muhitini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu maktab doirasida chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda

uch kunlik onlayn-intensiv o‘tkaziladi hamda kelgusida yanada qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi.

Dastur IT Park tomonidan Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha USAID dasturi bilan hamkorlikda, shuningdek O‘zbekiston Venchur investitsiyalari assosiasiyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

 Gapning indallosiga ko‘chsak, biznes xaloskorlari maktabida o‘qigan holda siz:

— venchur investitsiyalari va venchur kapitali yo‘nalishlarida bilimingizni oshirasiz;

— investitsiyalar uchun to‘g‘ri startap tanlay olishni o‘rganasiz;

— bozorni sohaning xorij amaliyoti bilan o‘rganasiz;

— venchur kelishuvlarni topishni va tizimlashni o‘rganasiz;

— tavakkal menejmentni o‘rganasiz;

— hamda vaqtingizni yaxshi va foydali o‘tkazasiz.

Bolajak biznes xaloskorlariga kimlar yordam beradi

Igor Ovcharenko

-Igor biznesni rivojlantirish, strategiya, infratuzilma sohasida katta tajribaga ega va 5 ta startapning maslahat kengashi a’zosidan biri hisoblanadi. 2012- yildan 2014-yilgacha Igor Ukrainaning mashhur venchur fondida – “TA Ventures» da faoliyat yuritgan, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Evropada eng yirik startap tadbirini tashkillashtirgan. 2014-yilda u “BRIKS” mamlakatlarida o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun Italiyaning investorlar klubida ishlagan. 2020-yil yanvar oyida Igor “Global Innovation Catalyst” dasturiga menejer sifatida qo‘shildi. U yerda uning ma’suliyatlari butun dunyo bo‘ylab odamlar uchun Stenford kasbiy “Idea to Market” rivojlanish kursini o‘qitish va sertifikatlashdan tashkil topgan.

Robin Butler

- “Sturgeon Capital” kompaniyasida investitsiyalar bo‘yicha direktor. Robin “Sturgeon Capital” investitsiya guruhining ajralmas a’zosi hisoblanadi. U “Sturgeon” hamda ularning portfel kompaniyalari uchun markaziy va boshqaruv jarayonlarining amalga oshirilishini nazorat qiladi. Shuningdek, Robin kompaniyaning kundalik investitsiyalarini boshqarish bilan shug‘ullanadi, asosan, muassislarga kapital taqsimoti va strategik qarorlarni qabul qilishlari uchun ma’lumot tuzilmalari va modellashtirishda yordam beradi. Robin quyidagi malakalarga ega: Mas’uliyatli investitsiya jamg‘armasi (PRI), III darajali Islomiy moliya bo‘yicha sertifikat sovrindori (CISI), CFA III darajasi nomzodi.

Bahrom Ibragimov

- Toshkent texnika universiteti, Kembrij universiteti va London iqtisodiyot maktabini akademik stipendiya asosida tamomlagan. Hozirgi kunda u YeTTB venchur kapitalining rahbari hisoblanadi. Avallari Bahrom asosiy asoschi va investitsiya direktori sifatida “Virgin Green Fund” bilan Evropa va Amerika texnologik kompaniyalarida investitsiyalarni boshqargan. Qolaversa, Bahrom “Virgin Media”da Internet-moliya direktori hamda rejalashtirish va tahlil qilish bo‘yicha direktor o'rinbosarisifatida faoliyat olib borgan. U o‘z karyerasini “Cowen & Co” va “CSFB / DLJ” kompaniyalarida texnologik investitsiyalar bo‘yicha bankir sifatida boshlagan.

Arslan Kudiyar

- “Fintech Hub Ltd” kompaniyasining Venture Capital’ni qo‘llab-quvvatlash xizmati rahbari, “Venture Rocket Eurasia” kompaniyasining bosh direktori. Arslan “Fintech va VC” ekotizimini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan “Fintech Hub” guruhining azosi. “Fintech Hub” da Arslan AIFC’ga mablag‘ yig‘ish va tuzilmalar bo‘yicha bitimlar tuzish imkoniyatini berish orqali venchur kapital ekotizimini rivojlantirish uchun javobgar shaxs hisoblanadi. AIFC qoidalariga muvofiq, investitsiyalarni jalb qilish va tranzaksiyalarni tuzishda 12 ta startapga yordam bergan.

Muhammadali Maxmudov

- “Legalmax” ning boshqaruvchi hamkori, advokat, patent vakili. Muhammadali milliy, xorijiy va transmilliy kompaniyalar bilan intellektual mulk va monopoliyaga qarshi qonunchilik sohasida ishlash bo‘yicha hamda milliy va xorijiy hakamlik sudlarida huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. Muhammadali har yili “ChAMBERS GLOBAL” va “LEGAL 500” xalqaro reytinglarida tilga olinadi.

Karen Srapionov

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tugatgan. Endilikda u moliyaviy konsalting va nazorat qilish, loyihalarni boshqarish, korporativ moliya va boshqa ko‘p narsalalar bilan shug‘ullanadi. 2006-yildan buyon hozirgi kunda hamkor hisoblangan «Avesta Investment Group»da ishlaydi. Shuningdek, UNDP milliy ekspert maslahatchisi sifatida bir qancha loyihalarda ishtirok etgan. U “Bilayn”, MTK”, “Vimm-Bill-Dan”, “Hyundai”va boshqa kompaniyalar bilan ishlagan.

Vladimir Lindel

- Vladimir - Toshkent moliya institutining moliya-iqtisod yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Ayni damda u “Bluestone” da qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Vladimir “SBAM Trade” kompaniyasining sobiq treyderi va investitsiya tahlilchisi hisoblanadi.

Dostonbek Ravshanov

- “Bluestone” kompaniyasining kichik mutaxassisi, “180 Degrees Consulting” kompaniyasining sobiq moliyaviy maslahatchisi. Ilgari “Crafers” da savdo menejeri, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining “Moliya” yo‘nalishi talabasi.

Arkadiy Seleznev

- Arkadiy “Astana Hub” ning boshqaruvchi direktori hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida , u Rossiyaning “YellowRockets’ kompaniyasida operatsion direktor sifatida ishlagan. IT sohasida katta tajribaga ega (frilanserdan tortib Evropa Ittifoqidagi o‘z IT-kompaniyasini asoslashga qadar). Ilgari u “GS Group” yirik xalqaro kompaniyasida ham rahbarlik lavozimida faoliyat olib borgan.

Qozog‘istonda IT-startaplarning xalqaro texnoparki - “Astana Hub”.

“Yellowrockets” - bu startap ekotizimini ishlab chiqaruvchi Rossiya kompaniyasi. Kompaniya akselerator va kovorking hisoblandai hamda ikkita venchur kapital fondini boshqaradi. Kompaniyaning vazifasi ambitsiyali va iste’dodli odamlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda yordam berish, tadbirkorlik va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

Muzaffar Qoraboyev

-Muzaffar Oksford Universitetida MBA darajasi (“Said Business School”) hamda “London Metropolitan University” da Xalqaro Moliya Magistri darajasiga ega. Dubaydagi (BAA) “Wing.ae” kompaniyasi asoschilaridan biri va bosh direktori. “Wing.ae” ishga tushirishdan avval u O‘zbekiston, BAA va Buyuk Britaniyada bir nechta muvaffaqiyatli AKT va veb-startaplarga asos solgan va boshqargan. Uning O‘zbekistondagi birinchi loyihalari “UzReport.com” va “UzJobs.com” bo‘lib, ular O‘zbekistondagi eng yirik Business TV va onlayn platformalardir. Shuningdek, Muzaffar “Lebazar.com” saytining asl asoschiklari tarkibiga kiradi.

Rustam Hamdamov

$150 000 sovriniga ega bo‘lgan “BILLZ’ startapining asoschisi. Rustam IT va marketing sohasida 10 yildan ortiq tajribaga, shuningdek, E-commerce va savdoni avtomatlashtirish sohasida 30 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

 Biznes xaloskorlari maktabida darslar 2021-yil 20-yanvar kuni boshlanadi.

Yaqin orada Ozbekistondagi bir qator biznes xaloskorlari safiga yangi jangchilar qoshiladi!


 

2021-01-19