Butun Respublika bo‘ylab “ITWomenUz” loyihasi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda

Butun Respublika bo‘ylab “ITWomenUz” loyihasi bitiruvchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan UzCard, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent shahridagi Amity universiteti ko‘magida tashkil etildi.


Hozirgi kunda taqdirlash marosi O‘zbekistonning quyidagi hududlarida bo‘lib o‘tdi:

- Xorazm viloyati (Tuproqqal’a tumani, Hazorasp tumani);

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

- Jizzax viloyati;

- Toshkent viloyati;

- Toshkent shahri.

Ta’kidlab o‘tamiz, Xorazm viloyatiga 169 ta bitiruvchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga – 130 ta; Jizzax viloyatiga – 75 ta, Toshkent viloyatiga – 44 ta va Toshkent shahriga 52 ta bitiruvchi to‘g‘ri keladi.


Eslatib o‘tamiz, loyihaning asosiy maqsadi ayollar daftari tarkibiga kiritilgan ayollar uchun axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olish va ish bilan ta’minlanish imkoniyatini yaratishdir.

Loyiha 35 yoshgacha bo‘lgan kam ta’minlangan qizlarni tadbirkorlik va axborot texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘rgatishga mo‘ljallangan kurslarni o‘z ichiga oladi.


2021-yil 17-fevraldan 4-martgacha bo‘lib o‘tgan loyihaning birinchi bosqichida 2000 dan ortiq ayollar kurslardan o‘tdi va kurs davomida zamonaviy texnologiyalarga doir bilimlarini oshirish, kompyuter savodxonliklarini rivojlantirish, sayt yaratish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, shuningdek, kompyuter dizayni sohasidagi amaliy ko‘nikmalarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.

2021-04-09