Buxoro markazida yangi IT-markaz oʻz ishini boshladi !

Prezidentimizning 3-tashabbusini amalga oshirish maqsadida, 2020-yil 18-iyun kuni Buxoroda aholini IT mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish va kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi IT-markaz ishga tushirildi.

 

4 qavatli binoning umumiy maydoni 1,44 ga, maydoni 4000 kvadrat metrni tashkil etadi.

Buxoroda ushbu markazning ochilishi 1000 dan ortiq yangi ish oʻrni, 100 dan ziyod yangi IT-korxonalar yaratish, 35000 dan ortiq yangi talabalarni qabul qilish va 1000 dan ziyod davlat xizmatchilarining malakasini oshirish imkonini beradi. Oʻqituvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar, bu esa oʻz navbatida ularga 15 mingdan ortiq talabalarni oʻqitish imkoniyatini beradi.

 

Talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida turli xil amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari, qoʻshma loyihalar, shuningdek, Buxorodagi markaz rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini oʼtkazish rejalashtirilgan.

Taʻkidlash joizki, 2020 yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida yana 6 ta, 2021 yil oxiriga qadar esa viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 13 ta IT-markazlar ochiladi.

 

Bundan tashqari, 2020 yil oxiriga kelib, “One million uzbek coders” loyihasi doirasida mintaqadagi 533 ta oʻrta maktab 7–11 sinflarida 134,4 ming oʻquvchini oʻqitish rejalashtirilgan. Oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga onlayn ravishda qabul qilinadi.

 

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022-yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida AKT sohasiga ixtisoslashgan 2000 ta malakali mutaxassis tayyorlanadi.

 

IT-markazlar xaritasi 

2020-06-23