Buxoroda birinchi BPO-markazi ochildi

Buxoroda yangi BPO-markazining ochilish marosimi bolib otdi. Unda Buxoro viloyati hokimining orinbosari Xamrayev Mirali Muxammadjonovich, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi vakillari, IT Park xodimlari, hamda, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Markazning asosiy maqsadi yoshlar bandligini taminlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirishdan iborat.

Yangi markaz AKT Vazirligi komagida PROSPECTIVE FUTURE TEAM MChJ negizida tashkil etildi. U AQShda yuk mashinalari harakatini logistika va nazorat qilish sohasida ishlash uchun yaratilgan. Endilikda markazning BPO-maktabi onlab yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Bugungi kunda markazda 50 nafar yosh mutaxassislar faoliyat yuritmoqdalar. Xodimlarning ishlashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ulardan ingliz tilini mukammal bilishi, kompyuterga ega bolishi talab qilinadi.

Aytish joizki, bu Buxoro viloyatida ochilgan birinchi BPO-markazi.

Maʼlumot uchun: Business Process Outsourcing (BPO biznes jarayonlari autsorsingi) bu bu autsorsing turlaridan biri boʻlib, unda tashkilot asosiy boʻlmagan biznes jarayonlarini boshqa kompaniyaga xizmat koʻrsatishga topshiradi.

2022-06-27