IT Parkʼda Digital Internship amaliyot dasturi faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Digital Internship Program – bu IT sohasi ayol-bitiruvchilari va boshlang‘ich darajadagi yosh mutaxassislar uchun intensiv qisqa muddatli amaliyot dasturi va uning oxirida qizlar o‘zlari amaliyot oʻtagan kompaniyalarda yoki IT Park tomonidan tavsiya etilgan boshqa tashkilotlarda kelgusida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.
Uchrashuv onlayn va oflayn tarzda erkin va doʻstona muhitda oʻtdi. Amaliyot dasturi ishtirokchilarini HR IT Park boʻlimining kadrlar tayyorlash boʻyicha menejeri Shaxnoza Amirxanova va dastur kuratori Muyassar Shermatova kutib olishdi. Uchrashuv davomida Shaxnoza Amirxanova suhbatdan o‘tish bo‘yicha maslahatlar berdi. Shunday qilib, u ishtirokchilarga ish beruvchilar odatda nimalarga eʼtibor berishini aytib berdi hamda suhbat paytida qanday koʻrinish va oʻzini qanday tutish kerakligi haqida fikr bildirdi.
Muyassar Shermatova amaliyotchilarga Digital Internship dasturining ko‘plab nyuanslarini tushuntirdi.
Amaliyotga oid barcha shartlar va talablar muhokama qilindi. IT sohasida ishlagan yoki amaliyot o‘tagan qizlar esa o‘z tajribalari bilan boʻlishdilar.
2022-10-27