Digital Startups Program mexanizmlarini muhokama qilish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Raqamli startaplar dasturini samarali amalga oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan mamlakat innovatsion ekotizimining vakillarini (startaplar, investorlar, venchur fondlari va boshqa manfaatdor tomonlar) dastur mexanizmlari haqida o‘z fikrlarini bildirishga taklif etadi.

Sizning fikringiz startaplarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat innovatsion ekotizimini rivojlantirishning samarali vositalarini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Dastur qoidalari loyihalari bilan tanishib chiqishingizni va so‘rovnomani to‘ldirib, o‘z takliflaringizni bildirishingizni so‘raymiz.

So‘rovnomani 2024-yil 10-dekabrgacha to‘ldirish imkoniyati mavjud.

1. Yetakchi xalqaro akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish hamda tadbirkorlik, biznes va korporativ boshqaruv bo‘yicha kurslarda ta’lim olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmi to‘g‘risidagi nizom

2. Xorijiy venchur fondlarining investitsiyalarini jalb etgan startap loyihalarga investitsiya mablag‘larini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom

3. Intellektual faoliyat natijalari va savdo belgilarini patentlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini kompensatsiya qilish mexanizmi to‘g‘risidagi nizom

4. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga mentorlar va trenerlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilish mexanizmi to‘g‘risida nizom

2024-12-05