Eksportyorlar va IT Park rezidentlari eksporti hajmi 3 barobardan ziyodga oshdi!

IT Park rezidentlari eksporti hajmi ijobiy dinamikani saqlab qolishda davom etmoqda. Bugungi kunga qadar IT Parkʼning rezident-eksportyorlari soni 291 nafarni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar koʻp.

2022-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra, IT Park rezident kompaniyalari eksporti hajmi 82,0 million dollarga yetdi, shundan 41,0 million dollari BPO kompaniyalari xizmatlari eksportiga to‘g‘ri keldi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning shu davrida eksport hajmi 23,1 million dollarni tashkil qilgan.

Eksport qilinadigan xizmatlar turlari boʻyicha:

• BPO — $40896,7 ming;

• Maʼlumotlarni qayta ishlash — $3717,9 ming;

• DT ishlab chiqish — $36397,4 ming;

• IT-ta’lim — $928,6 ming;

• IT-konsalting — $59,4 ming.

Shu bilan birga, asosiy eksport mamlakatlari:

• AQSH 81% — $66277,2 ming;

• Buyuk Britaniya 4% — $3272,7 ming;

• Germaniya 2% – $1654,3 ming;

• Rossiya 2% — $1523,6 ming;

• Niderlandiya 1% — $1202,9 ming;

• BAA 1% — $885,1 ming;

• Shvetsiya 1% – $757,2 ming;

• Litva 1% — $725,2 ming.

2022-yil oxiriga qadar IT-xizmatlari eksporti hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda, keyingi yilda esa bu koʻrsatkichni 200 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek eksporyorlar sonini koʻpaytirish orqali mumkin boʻladi, chunki Oʻzbekiston allaqachon xalqaro bozorning toʻlaqonli ishtirokchisi sifatida tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, IT Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar o‘z arizalari va biznes-rejasini elektron portal orqali quyidagi havola yordamida yuborishlari kerak: https://it-market.uz.  

2022-11-30