“Entrepreneurship World Cup” tadbirkorlar uchun jahon chempionati!

“Entrepreneurship World Cup” — tadbirkorlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib, unda dunyoning 200 mamlakati, jumladan O‘zbekistondan ham 300 000 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etadi. Misk Foundation (Saudiya arabiston), Global Entrepreneurship Network (GEN, AQSH) va The Global Education & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) chempionatning global hamkorlari hisoblanadi. IT park – chempionatning rasmiy mintaqaviy hamkori bo‘lib, tadbirkorlarga o‘z biznesini boshlash va kengaytirishda yordam bermoqda.

Dastur tadbirkorlarga jahon miqyosiga chiqish va umumiy miqdori 1 000 000 AQSh dollari, shuningdek, qo‘shimcha investitsiya imkoniyatlari va sovrinlar, chegirmalar va mukofotlar shaklida 750 000 AQSh dollari miqdoriga teng pul mukofotlari uchun raqobatlashish imkonini beradi.

“EWC” sovrinlarni qo‘lga kiritish va xalqaro maydonda taqdimot qilish imkonidan-da ko‘prog‘ini beradi. Chempionat rivojlanishning barcha bosqichlaridagi tadbirkorlar uchun ochiq: g‘oya bosqichida, dastlabki bosqichda, o‘sish va yuqori bosqichda - o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun vositalar, imkoniyatlar va resurslarni taqdim etadi.

Shuningdek, “EWC” onlayn platformasi barcha ishtirokchilarga “Google Cloud”, “Hubspot”, “Stripe” kabi hamkorlardan 25 000 dollardan ortiq pul mukofotlariga ega bo‘lish imkonini.

Chempionatning milliy bosqichi 2021-yilning iyun oyi oxirigacha bo‘lib o‘tadi. 2021-yil noyabr oyida milliy tanlovlarning eng yaxshi startap-g‘oliblari global finalda ishtirok etishlari va o‘z loyihalarini xalqaro hakamlar hay‘ati oldida taqdim etishlari mumkin. Dastur shuningdek, “EWC Accelerates” ta‘limini va startuplar uchun intensiv bootkampni ham o‘z ichiga oladi.

“EWC Accelerates” - tadbirkorlarga o‘z mahoratini oshirishga va g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradigan virtual ta‘lim hamda murabbiylik dasturi.

“Entrepreneurship World Cup” jahon chempionati katta pul mukofotini qo‘lga kiritish va O‘zbekistonni jahon sahnasida namoyon etish imkoniyatidir.

Ro’yxatdan o‘tish muddati: 2021 yil 6 iyungacha 

Ro’yxatdan o‘tish uchun havola: https://cutt.ly/zbqP8qm

Chempionat haqida batafsil ma’lumot: https://entrepreneurshipworldcup.com/

2021-04-26