Farg‘onada “Najot ta’lim” filiali ochildi

25-aprel kuni Farg‘onada yirik o‘quv markazlaridan biri “Najot Ta’lim” filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, “Najot Ta’lim” o‘quv markazi asoschisi Temurbek Adxamov, shuningdek, Cambridge va Modme kabi loyihalar asoschilari va rahbarlari – Jahongir Pulatov, Yuksalish – Muhammadali Eshonkulov va Dizipro loyihasi – Abdusattor Abdurahimov ishtirok etishdi.

Maydoni 1500 kvadrat metr boʻlgan yangi filial tashkilotning toʻrtinchi bo'linmasi boʻlib, Toshkentdan tashqarida ochilgan birinchi filial boʻldi.  Ochilish marosimida mehmonlar ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. O‘quv markazi binolari zamonaviy mebel va jihozlar bilan jihozlangan.  Farg‘ona filialida 1500 nafar talabani oʻqitish rejalashtirilgan.  Binoda talabalar 24/7 foydalanishlari mumkin bo'lgan kovorkinglar mavjud.

Eslatib oʻtamiz, “Najot Taʼlim” respublikamizdagi yirik oʻquv markazlaridan biri boʻlib, bozorning IT infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarga dasturlash, dizayn va boshqa yoʻnalishlarni oʻrgatish bilan shugʻullanadi.  Kompaniya 2018-yilda tashkil etilgan va 2021-yilda IT Park rezidenti maqomini oldi.  “Najot ta’lim” tinglovchilar ta’lim olishi va ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.

 

2023-04-26