“Female Startup” rukni davom etadi! Unda IT Park tinglovchilarni ayollar startaplari bilan tanishtirishda davom etadi va bugungi mehmonimiz – Qozog‘istonning “Eyesea” loyihasi va uning asoschilaridan biri 17 yoshli Amira Muratkali.
Amiraning eslashicha, u hamfikrlari bilan birga oʻz sayohatini Girls Power Fondi, Eurasia Foundation va USAID robototexnika kursidan boshlagan.
“Jamoamizda 4 nafar qiz bor. Koʻzi ojizlarning dezoriyentasiya muammosi oʻsha paytda bizga dolzarb va hal qilinmagan boʻlib tuyuldi, bundan tashqari, biz kundalik qiyinchiliklardan aziyat chekayotgan odamlar bilan tanish edik: jarohatlar va kuyishlar, karyera va oʻqishdagi kamsitishlar. Shuning uchun biz haqiqatan ham foydali bo‘ladigan va ko‘zi ojiz odamlarning hayotini osonlashtirishga yordam beradigan yechim topishga qaror qildik”.
Taʼlim dasturida ishtirok etish orqali qizlar oʻz gʻoyalarini amalga oshirishga muvaffaq boʻlgan noyob bilim va koʻnikmalar toʻplamiga ega boʻlishdi. Shunday qilib, koʻzi ojizlar uchun bilaguzuk boʻlgan “Eyesea” loyihasi tugʻildi. U obyektlarning masofasi va haroratini aniqlay oladi va shu bilan foydalanuvchini ovozli signallar bilan ogohlantiradi.
“Biz bu nomni uzoq vaqt tanladik. U “koʻz"”va “dengiz” deb tarjima qilinadi. Bu juda ramziy, chunki dengizlar va okeanlar – bu shunchaki quruqlikdan yiroqroq, bu faqat bizning bilaguzuk bilan koʻrish mumkin boʻlgan narsadir.
Jamoa toʻrt nafar qizdan iborat:
“Bundan tashqari, jamoada 3 ta mentor bor: texnik qism, tashkiliy masalalar va treking boʻyicha. Barcha ishtirokchilar akseleratorlar va inkubatorlar, tanlovlar va dasturlar uchun arizalarni faol ravishda izlaydilar va toʻldiradilar. Bilaguzuk-prototipini lehimlashda yoki yigʻishda Sabina va Amira birgalikda ishlaydilar, bilaguzuk uchun dastur kodini va ilovani esa Tomiris yozadi.”
Har qanday loyiha ustida ishlash juda koʻp kuch va turli qiyinchiliklarni yengib oʻtishni talab qiladi. Amiraning eslashicha, boshida jamoaga oson boʻlmagan, ammo ular qiyinchiliklarni yengishga muvaffaq boʻlishdi.
“Eng qiyin narsa – boshlash, deb aytishlari bejiz emas. Biz uchun muntazam uchrashuvlar tashkil qilish va qolgan ishtirokchilarni ragʻbatlantirish qiyin edi, chunki biz yozda turli shaharlarda yashaganimiz sababli, belgilangan muddatlarga rioya qilish, vaqtni boshqarish, shaxsiy hayot, oʻqish va loyihani birlashtirish qiyin edi. Bundan tashqari, dastlab birgalikda ishlash biroz noqulay edi, lekin biz bir-birimizni yaxshiroq bilib olganimizdan so‘ng, ish ravon yura boshladi”.
Hozirgi vaqtda loyihaning MVP bosqichida boʻlgan jamoa Qozogʻistonning koʻzi ojiz aholisi uchun, kelajakda esa MDH mamlakatlari uchun yuqori sifatli va kafolatlangan mahsulotni yaratib, uni yetarli darajada rivojlantirishga intilmoqda.
“Qozog‘istonda 20 ming rasman ro‘yxatga olingan ko‘zi ojiz insonlar har kuni uydan tashqarida jarohat olish muammolariga duch kelmoqda, ta’lim olish uchun materiallar yetishmasligi, ishga joylashishdagi adolatsizlik va hokazolar kabi muammolarga duch kelmoqda. Bizning bilaguzuk yordamida ushbu odamlarning barchasi fazoda yaxshi harakatlanishni, hayot va boʻsh vaqt sifatini yaxshilashni oʻrganishlari mumkin boʻladi”.
Hozir qizlar dasturni toʻliq takomillashtirishni va sifatli bilaguzuk yigʻishni xohlamoqdalar.
“Bizda bilaguzukning ishchi prototipi va veb-saytimiz bor. Biz ilovaga xavfli joylarni (masalan, qiyaliklar, koʻtarilishlar, yuzalardagi konstruksiya xatolari, buzilgan svetoforlarni) aniqlash yoki aksincha, ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan joylarni aniqlash kabi ba’zi funksiyalarni qo‘shmoqchimiz: panduslar, piyodalar va svetoforlar, avtobuslar sonini aniqlash uchun skaner, A nuqtadan B nuqtagacha marshrut qurish. Lekin bu hammasi emas: rejalarda rus va qozoq tillarida ovoz berish funksiyasi ham mavjud”.
Amiraning eʼtirof etishicha, bugungi kunga qadar loyiha Girls Power Fondi, USAID, Eurasia Foundationʼdan $500 oldi.
“Biz homiylardan moliyaviy yordam olishda davom etishni maqsad qilganmiz. Hozirda jamoamiz ilova va bilaguzukni qayta tahrirlash, test qilish va yil davomida Qozogʻistonga tatbiq qilish ustida ishlamoqda. 20000 dan ziyod koʻzi ojiz va yaxshi koʻrmaydigan insonlarni qamrab olish va natijada davlat xaridlari orqali yil yakunida 200 mln tenga daromad qilish maqsadida QKOJ koʻzi ojizlar jamiyati va Qozogʻiston SSV bilan hamkorlik qilinmoqda. Keyin esa koʻzi ojiz va nuqsoni bor 1,5 mln insonni qamrab olgan MDH bozoriga chiqiladi”.
Qozog‘istonda, deydi rubrika mehmoni, koʻplab muvaffaqiyatli va boshlangʻich startaplar mavjud, startap sanoatining salohiyati juda yaxshi. Startap yaratuvchilari haftada bir marta muntazam ravishda treking-uchrashuvlarini oʻtkazadilar, u yerda keyingi hafta uchun rejalar va oldingisida nimaga erishganliklari muhokama qilinadi.
Qizning aytishicha, Tumaris.Tech inkubatsiya dasturida ishtirok etish ularga katta foyda keltirgan.
“Inkubatsiyada ishtirok etish paytida biz ko‘proq loyihaning moliyaviy qismiga va ko‘plab startaplarning ichki ishlariga eʼtibor qarata oldik. Shuningdek, maqsadli auditoriya uchun gʻoyaning oʻzi va qiymatning ahamiyatini qayta koʻrib chiqish biz uchun juda foydali boʻldi. Hatto uy vazifalarini tekshirishda ham turli sohalardagi maslahatlarni oʻrganish imkoniyati mavjud edi, bu yangi gʻoyalarning paydo boʻlishiga turtki boʻldi va rivojlanishga yordam berdi”.
Jamoa boshlangʻich startaperlarga qiyinchiliklardan qoʻrqmaslikni tilaydi, axir, ular oʻsishga yordam beradi.
“Biz sizga boshidanoq bir-biringizdan ham, startapdan ham maqsad va umidlaringizni aniq belgilashingizni maslahat beramiz. Tajribali odamlarga savollar berishdan va konfiguratsiyalarni yaxshilashdan qoʻrqishning hojati yoʻq, chunki keraksiz mahsulotni yaratishdan koʻra koʻproq uzoq muddatli ishga vaqt sarflash yaxshiroqdir. Agar g‘oya yaxshi bo‘lsa va u odamlarga kerak boʻlsa, startap muvaffaqiyatli bo‘ladi, natija beradi va daromadni oshiradi”.
2022-09-22