“Go Global Uzbekistan” – startaplar uchun yangi loyiha

 

“Go Global World” (California, USA) loyihasi doirasida Oʻzbekistonda “Go Global Uzbekistan” loyihasi ishga tushirilmoqda. Loyihaning maqsadi – barcha mahalliy startap jamoalar va frilanserlarni Kremniy vodiysi va xorijiy davlatlardan boʻlgan mentor, investor, ekspertlar hamjamiyati bilan birlashtirish.  

Hamjamiyat quyidagi yirik tashkilotlar tomonidan tan olingan: RusBase, Texnopark Skolkovo, Skolkovo boshqaruvining Moskvadagi maktabi, GSD Venture Studios, IBConsulter, UnVentures, Startupnews.fyi.

 (http://startupnews.fyi/)“Go Global Uzbekistan” quyidagi kompaniyalar koʻmagi ostida oʻz faoliyatini boshlamoqda. Oʻzbekiston Venchur investitsiyalar Assotsiatsiyasi, Wealth Invesment investitsiya kompaniyasi.

“Go Global Uzbekistan” doirasida IT Park xorijning kuchli mentorlari tomonidan olib boriluvchi doimiy sessiyalardan iborat oʻzining “Mentorship” loyihasini ishga tushirdi.  

Birinchi sessiya 2020-yilning 30-iyun kuniga rejalashtirilgan boʻlib, unda “Intelliboard“ jamoasi Oʻzbekiston startap jamoalari uchun Edtech yoʻnalishida mentorlik sessiyasini oʻtkazadi.

Mentor sifatida Anatoliy Kochnev – AQSHga koʻchib oʻtgan, venchur investitsiya fondlaridan 3,4 million dollar jalb qila olgan Oʻzbekistonlik tadbirkor ishtirok etadi.

Birinchi sessiyaga roʻyxatdan oʻtish:https://clck.ru/PLBEd

 

2020-06-29