Gulistonda IT Park filialining ochilishi hamda “Yosh dasturchilar” tanlovi!

 

Prezidentning uchinchi tashabbusini amalga oshirish, IT hamjamiyatini shakllantirish va IT Park filiallarini yaratish jarayonlarining joriy holati bilan tanishish maqsadida oʻtgan haftada IT Park delegatsiyasi hamda Guliston tumani hokimi oʻrinbosari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda 2020-yilning 30-iyun sanasida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida IT Park filiali ishga tushishi aniqlashtirib olindi. Ushbu IT Park maydoni 1800 metr kvadratni tashkil qiluvvchi ikki qavatli binodan iborat boʻlib, oʻzida quyidagilarni jam qilgan: IT-markaz, kovorking hudud, ofis xonalari, tadbirlar hududi, alohida oshxona, uchta oʻquv xonasi hamda kipersport uchun auditoriyani.

IT-markaz 300 nafar oʻquvchini oʻziga sigʻdira oladi va quyidagi fanlardan taʼlim bera oladi:

  • Kompyuter savodxonligi;
  • Chuqurlashtirilgan MS Office;
  • Veb dasturlash tillari;
  • Boshlangʻich grafika va dizayn;
  • Mobil ilovalar ishlab chiqish;
  • Python dasturlash tili;
  • Arduino va Lego Mindstorm asosida mobil robototexnika;
  • Counter Strike Global Offensive, Dota 2 va FIFA 2020 singari dunyoga mashhur kibersport oʻyinlari asosida kibersport.

IT Park Oʻzbekistonda IT sohasini rivojlantirish hamda ITʼga qiziquvchi yoshlarning salmogʻini oshirish yoʻlida barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Jumladan, “One Million Uzbek Coders” loyihasi Sirdaryo viloyatida 819 insonni jalb qila oldi va shulardan 85 nafari allaqachon oʻz sertifikatlariga ega boʻldi, 43 nafari esa loyihaning bitiruvchilariga aylanishdi va oʻz kurslarini muvaffaqqiyatli yakunladilar.

2020-yilning iyun oyida Sirdaryo viloyatining quyidagi tumanlarida IT-markaz filiallarini ochish rejalashtirilgan: Guliston sh., shuningdek Xovos va Yangiyer tumanlari. 2020-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida jami 8 ta IT-markaz filiallari ishga tushadi.

Shuningdek, bugungi kunda Sirdaryo viloyatida IT Park rezidenti hisoblangan bitta kompaniya – “VIBRANIUM TECHNOLOGIES” MCHJ oʻz faoliyatini olib bormoqda.

“VIBRANIUM TECHNOLOGIES” MCH tomonidan amalga oshirilgan loyihalar:

1. Social Distance – ushbu ilova koronavirus tarqalishining oldini olishni koʻzda tutadi. Ilova Bluetooth yordamida ikki yoki undan koʻproq mobil qurilmalarning joylashuv nuqtasini hamda vaqtini aniqlashga imkon beradi. (Tayyot mahsulot)

2. WeGetTravel – turizm yoʻnalishini raqamlashtish. Ushbu yechim quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- Hotellier – mehmonxonalarni boshqarish (Tayyor mahsulot)

- Guide Around – gid izlash (Tayyor mahsulot)

- WeGet.Travel – oldindan band qilish

- Traveller – turfirmalarni boshqarish

- Transporter – transport kompaniyasini boshqarish

- PoS – restoranlarni boshqarish

3. Major.ai – hokimlar uchun aqlli ekran. Shahar va tumanlar boʻyicha maʼlumotlarni, barcha yoʻnalishlar boʻyicha statistikani, onlayn hisobotlarni bir lahzadayoq olish, shahar va tumanlardagi muammolarga tezkor munosabat bildirish imkoniyati. (Rejalashtirilgan joyiha)

Shuningdek, aytib oʻtish lozimki, Gulistonda IT Park filiali ochilishi doirasida “Yosh dasturchilar” tanlovi boʻlib oʻtadi. Unda ijodkor va qobiliyatli yoshlar oʻz ishlanma, dastur va loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning maqsadi – ijodkor va qobiliyatli yoshlarni aniqlash, ularning innovatsion ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek yoshlarning ITʼga nisbatan faol ijodkorligini kuchaytirishdir.

Tanlov bitta nominatsiya asosida oʻtkaziladi – “Eng yaxshi innovatsion foydali ishlanma”

Gʻoliblar quyidagi sovrinlarga ega boʻladilar:

1-oʻrin uchun – Redmi 8 smartfoni

2-oʻrin uchun – MiBand 4

3-oʻrin uchun – IT Parkʼdan poverbank

Tanlovdi maktab, kollej, litsey oʻquvchilari, shuningdek oliygoh talabalari ham ishtirok etishlari mumkin.

Konkursda turli sohalar uchun innovatsion va foydali ishlanmalar, zamonaviy texnologiya va dasturlarni ishlatishga qaratilgan, katta maʼlumotlar hajmini boshqaruvchi dasturlar namoyish qilinadi.

Tanlov gʻoliblari sovrinlar, yangi tanishlar va albatta tajribaga ega boʻladilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish lozim: https://clck.ru/P6E6Y

 

 

2020-06-29