16-avgust kuni soat 18:30 da IT Park filialida Rossiyadagi eng yirik global va rus korporatsiyalarining xanting boʻyicha eksperti Alena Vladimirskaya bilan “Eng yaxshi rossiyalik nomzodlarni topish va moslashtirish hamda MENA mintaqasida mutaxassislarni topish haqida batafsil” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Seminar davomida tinglovchilar Rossiya, Amerika va MENA mintaqasida (Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn) IT-mutaxassislari, top-menejerlar, startap-mentorlarni qanday va qayerdan izlash, shuningdek, har ikkinchi nomzod mavjud boʻlmagan koʻnikmalarni sotadigan joyda qanday qilib koʻp pul yoʻqotmaslik kerakligini o‘rganadilar. Bundan tashqari, Alena eng yaxshi mutaxassislarni yollashda oʻzi qoʻllaydigan eng zamonaviy layfxaklar bilan boʻlishadi.
Hogan boʻyicha sertifikatlangan mutaxassis Anna Alfimova ham muhokamaga qoʻshiladi.
Tadbir rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish uchun ariza 14-avgustgacha havola orqali topshirilishi mumkin:
https://forms.gle/kAtL2CCD1giiSC376
Spiker haqida maʼlumot: Alena Vladimirskaya – Mail.Ru Groupʼning sobiq “Head of Recruitment” va Yilning HR brendi mukofoti sovrindori. U Runetning asosiy bosh xedxanteri deb ataladi.
Alena rekruting boʻyicha 20 yildan ortiq tajribaga ega, u Facebook, Booking.com, Alibaba, SAP, Microsoft, IVI, Ozon va boshqa koʻplab kompaniyalar bilan ishlagan va ishlamoqda; MENA mintaqasida (Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar) muvaffaqiyatli rekruting amaliyoti mavjud.
2022-08-08