International Agriculture University bilan hamkorlik istiqbollari

12-iyun kuni IT Park Uzbekistanʼga International Agriculture University O‘quv resurslari bo‘limi rahbari Oleg Xamdamov tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi – IT Parkʼning ta’lim sohasidagi kelajakdagi hamkorligini muhokama qilish, shuningdek, ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan iborat edi.

Mehmonni IT Park bosh direktorining IT-ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha o‘rinbosari Maxliyo Muksinova, shuningdek, Investitsiyalar va xalqaro aloqalar boʻlimi menejeri Umida Odilova kutib oldilar.

IT Park vakillari tashkilot faoliyati bilan tanishtirib, maqsad va yutuqlarini yoritib berdilar. O‘zbekistonda malakali IT-kadrlar tayyorlash jarayoni haqida gapirib, One million Uzbek coders, Coursera, IT Bilim, ITPU kabi yirik loyihalarni eslatib oʻtdilar.  

Oleg Xamdamov O‘zbekistonda malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash sohasida ulkan yutuqlarga erishayotganini ta’kidladi va ushbu sohadagi hamkorlikka qiziqish bildirdi. Tomonlar kelajakda hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilishga kelishib oldilar, bu esa O‘zbekistonda IT-kompetentsiyalarni oʻqitish va rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda Toshkentda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (Royal Agriculture University, RAU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti oʻz faoliyatini boshlagan edi.

U yerda oʻqish ham pulli, ham grant asosida olib boriladi. Talabalar bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari uchun bo‘lajak ish beruvchilar, shu jumladan klasterlar, savdo kompaniyalari va mintaqaviy markazlar OTM bilan hamkorlik qilishga taklif etiladi.

2023-06-16