Iqtidorli yoshlar prezident sovgʻalariga ega boʻldilar

2021-yil 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroda joylashgan IT Park filialiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tashrifi davomida Buxorodagi yosh va iqtidorli IT sohasi vakillari hamda frilanserlar va startap asoschilari bilan suhbat qurdi. Prezident buxorolik yoshlarning salohiyatini yuqori bahosh bilan bir qatorda, IT sohasining mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, 2021-yil 22-yanvar kuni “mGovAward” nomli davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov g‘olibiga aylangan “Imam Bukhari” startapining asoschilari hamda istiqbolli frilanser Shaxrillo To‘xsanovga o‘z loyihalarini va faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun davlat rahbarining $3000 miqdoridagi sovg‘alari topshirildi.


Taqdirlash marosimida IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktorining hududlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov, shuningdek, mahalliy yoshlar va Buxoroning axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Taqdirlash jarayonida Farhod Ibrohimov har bir kishiga mamlakat Prezidenti bilan shaxsan uchrashish imkoniyati berilavermasligi hamda ular loyihalarini taqdim etish va salohiyatlarini namoyish etish baxtiga muyassar bo‘lganlarini birnecha bor ta’kidladi. Qolaversa, u yosh mutaxassislarga kelgusida ham davlatimiz rahbariga kuchli va istiqbolli loyihalarni taqdim etishlarida omad tilab qoldi.

2021-01-22