2022-yilning 4-fevral kuni IT Parkʼda BMTTDʼning O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov, “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” dasturi rahbari Bahodir Bekov, dastur komponenti rahbari Usmon Rahimjanov ishtirok etdilar.
Uchrashuvda 2022–2024-yillarga moʻljallangan “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” nomli tashabbusi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Qolaversa, tomonlar mamlakatimizda IT-ta’limni rivojlantirish, raqamli ko‘nikmalarni oshirish, yosh tadbirkorlar uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va raqamli iqtisodiyot masalalariga to‘xtaldi.
Natijada tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, hamda, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va mamlakat IT-sektorini o‘rganishni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.
2022-02-08