IT Park’da Valera Arakelyan bilan startap meetup

16-iyul kuni soat 18:00da IT Parkda “Top universitetlardagi startaplar: qabuldan to loyihani ishga tushirishgacha” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir spikeri – Valera Arakelyan. Uchrashuv davomida Valera yetakchi xalqaro universitet bo‘lmish Yel-NUS College o‘quv yurtiga kirish va o‘qish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda o‘zining Freshman Academy nomli startapini qay tarzda ishga tushirgani haqida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida Ivy League va boshqa nufuzli universitetlardagi startap madaniyati ham muhokama qilindi. Spiker yetakchi oliy o‘quv yurtida ta’lim olish va o‘qishni startap ochish bilan birga olib borish mumkinmi, degan fikrlari bilan bo‘lishdi.

Uchrashuvda 100 dan ortiq kishi offlayn, yana 100 kishi esa onlayn tarzda ishtirok etdi. Tinglovchilar Valeraning Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Ideas4Change Challenge musobaqasidagi tajribasi va g‘alabalari, BMTning Jenevadagi ofisida o‘z loyihasining taqdimoti, Isroilda eBay va Enterpreneurship Challenge British Council sobiq vitse-prezidentning  rahbarligida MassChallenge Business Accelerator dasturida ishtirok etishi haqida bilib oldilar.

Bundan tashqari, Valera Markaziy Osiyoda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham startap, ham shaxsiy oʻsish uchun turli tadbirlar tashkil etilib, Linkedin kabi turli platformalarda esa networking uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda.

Sessiya yakunida ishtirokchilar uchun kofe-breyk tashkil etildi. Kofe-breyk oʻzaro fikr almashish uchun oʻziga xos maydoncha vazifasini oʻtadi.

Spiker haqida ma’lumot:

Valera Yale-NUS College bitiruvchisi. Uning "Freshman Academy" startapi butun Oʻzbekiston va MDH mamlakatlari boʻylab dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirish imkoniyatini yaratadi. Xususan, "Freshman Academy" yordamida talabalar Yale universiteti, UChicago, NYUAD va dunyoning boshqa yetakchi universitetlariga o‘qishga kirishga muvaffaq boʻlgan.

2022-07-20