IT Park delegatsiyasining Koreyaga safari natijalari

29-iyundan 3-iyulga qadar IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Koreyaga tashrif buyurib, Koreya poytaxti Seul shahrida boʻlib oʻtgan “Korea Import Fair” koʻrgazmasida, shuningdek, “Made in Uzbekistan” biznes missiyasi doirasida B2B uchrashuvlarida faol ishtirok etishdi.

KOIMA tomonidan tashkil etilgan Korea Import Fair ko‘rgazmasida IT Park Made in Uzbekistan delegatsiyasi tarkibida o‘zini namoyon qildi. Bu yerda delegatsiya vakillari Inter-Blue Air&Sea, Prometis, Sentbe, Family International Co, Flitto, NC Tech, SingleStore kabi kompaniyalar, shuningdek, Sloveniya Respublikasi elchixonasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Muhim uchrashuvlardan biri “Uplex” kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib, unda kompaniya O‘zbekiston rivojiga sarmoya kiritishga qiziqish va niyat bildirildi. Korxona joriy yilda Koreya vakolatxonasi buyurtmalarini bajarish uchun mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv markazini ochishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda Uplex kompaniyasi ilmiy-tadqiqot (R&D) markazi uchun autsorsing ofisiga aylanadi va bulutli dasturlash bilan bog‘liq operatsiyalar bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, IT Park delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Koreyadagi elchixonasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi bilan birgalikda tashkil etilgan 2023 KOREA-O‘ZBEKISTON BIZNES FORUMida ishtirok etdi.

Forum doirasida Oʻzbekiston kompaniyalari xorijiy sarmoyani jalb etuvchi imkoniyatlar va investitsiya loyihalari boʻyicha taqdimotlarini namoyish etdi. Kunning ikkinchi yarmida ikki davlat ishtirokchilari o‘rtasida B2B (biznesdan biznesga) va G2B (hukumatdan biznesga) formatlarida ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

IT Park delegatsiyasi o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari va O‘zbekistonda mahalliy filiallarni ochish haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu sohada davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘maklar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir IT Park delegatsiyasiga o‘z xizmatlarini namoyish etish va yetakchi xalqaro IT-kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlarida o‘zaro muloqot qilish imkonini berdi.

Koreyalik IT-kompaniyalar va tajribali mutaxassislar O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirishdi. Kelgusida IT Park forum davomida muhokama qilingan loyiha va takliflar ustida ishlashni davom ettiradi.

2023-07-05