IT Park direktori Farhod Ibragimov “Regional cooperation of startup ecosystems as a key driver of innovation — Startup Central Eurasia Platform” xalqaro vorkshopida ishtirok etdi

2020-yilning 17-noyabr kuni IT Park direktori Farhod Ibragimov 2 kun (2020-yil 17-18-noyabr) boʻlib oʻtgan “Regional cooperation of startup ecosystems as a key driver of innovation — Startup Central Eurasia Platform” xalqaro “vorkshop”ida ishtirok etdi.

Vorkshop vazirliklar, yuqori texnologiyalar parklari, startaplar, kichik va oʻrta korxonalar, venchur investorlari, tartibga solish organlari, universitetlar va umumtaʼlim muassasalari, tadqiqot va loyiha institutlari, dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilari va xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI) ga aʼzo davlatlarning boshqa manfaatdor tomonlariga yoʻnaltirilgan.

Vorkshopning maqsadi – mintaqaning startap ekotizimlari, raqamli transformatsiyalar, startaplarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, potensial hamkorlar bilan tanishish, qoʻshni mamlakatlar bozorlariga startaplarni chiqarishga yordam berishga qaratilgan mavzularni yoritish.

Tadbir Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Qirgʻiziston Respublikasi intellektual mulk xizmati tomonidan tashkil etildi.

Seminarda IT Park direktori Farhod Ibragimov, Moldova Texnopark direktori Ana Chirita, Qozogʻistonda “Milliy axborot-kommunikatsiya xolding kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Pavel Koktyshev va boshqa xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalar va startaplar ekspertlari va asoschilari ishtirok etishdi.

Seminarda asosiy eʼtibor startap ekotizimlari, raqamli transformatsiya, startaplarni rivojlantirish, mablagʻ toʻplash, yangi hamkorlar bilan uchrashuv va startaplarga qoʻshni mamlakatlar bozoriga chiqishda yordam berishga qaratildi.

IT Park direktori Farhod Ibragimov Oʻzbekistonda IT Parkni rivojlantirish tajribasi ochib berilgan taqdimot bilan chiqdi.

Taqdimot davomida Farhod Ibragimov IT Parkning Oʻzbekiston aholisi uchun taqdim etayotgan imkoniyatlari, xususan, aholi uchun (shuningdek Oʻzbekistonning chekka hududlarida) arzon taʼlimni taʼminlash, IT Park rezidentlariga qulay va samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar, jumladan, ularga infratuzilma, moliyaviy, marketing va boshqa konsalting xizmatlari koʻrsatish imkoniyatlarini alohida taʼkidladi.

Bundan tashqari, IT Park infratuzilmasi mamlakat boʻylab faol rivojlanayotganligi Farhod Zairovich tomonidan taʼkidlab oʻtildi. Misol tariqasida, 2020-yil oxiriga qadar 5 ta IT Park filiali va 100 ta IT markaz, 2021-yil oxiriga qadar esa IT Parkning 14 ta filiali va Oʻzbekiston boʻylab 204 IT markazi ishga tushiriladi. IT markazlarida robototexnika, dasturlash, kibersport, IT English va boshqa kurslarni oʻz ichiga olgan turli xil oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim beriladi. Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda IT Parkning 4 ta filiali va 64 ta IT markazi ochilgan.

IT Park direktori, shuningdek, tinglovchilarga startap ekotizimlarining mamlakatimizda rivojlantirish darajasi va talabalar startap loyihalarni amalga oshirish uchun bepul maydon boʻlib xizmat qiluvchi 13 universitet qoshida inkubatsiya markazlari ochilishi rejalashtirilayotgani haqida soʻz yuritdi.

Hozirgi vaqtda inkubatsiya markazlari 2 ta Oliy oʻquv yurtida, yaʼni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Plexanov G.V. nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti filialida ochilgan.

Kelgusida inkubatsiya markazlarini Toshkent shahridagi Amiti universiteti, INHA, Alxorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Webster va boshqa oliy oʻquv yurtlarida ochish rejalashtirilmoqda.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga qoʻshni mamlakatlarda innovatsion loyihalarni tez va samarali amalga oshirish, zarur kadrlarni topish, soliq solish tizimini tushunish, yuridik shaxsni tashkil etish va h.k. yordam beruvchi mintaqaning startap ekotizimlari boʻyicha qoʻllanma berildi.

 

2020-11-19