IT Park direktori “FinTech Uzbekistan” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi

2021-yil 7-may sanasida Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar bozorining rivojlanishi va sohadagi yangi global tendensiyalarga bagʻishlangan “FinTech Uzbekistan” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada mahalliy va xalqaro yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek IT mutaxassislari, shu jumladan IT Park direktori Farhod Ibragimov, Uzcard bosh direktori Farrux Ziyayev, Uzcard korporativ innovatsiyalar boʻyicha direktori Dilshod Zufarov, FinExtra Group rahbari Nargis Dusmatova, Tinkoff Bank xalqaro loyihalar boʻlimi boshligʻi Olga Yashenina va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar “Uzcard Ventures” venchur fondining korporativ fintech akseleratori taqdimotini tinglashdi va akselerator rezidentlari uchun ochiq API ishga tushirilishining guvohi boʻlishdi.

Bundan tashqari, maʼruzachilar va tadbirning boshqa ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar bozorining rivojlanishi, Fintech sanoatining global tendensiyalari toʻgʻrisida suhbatlashdilar, “Fintech bozorini hamda naqd pulsiz toʻlovlarni rivojlantirish” mavzusidagi panel muhokamasida qatnashdilar.

“Oʻylaymanki, moliyaviy texnologiyalar sohasida akseleratorga ega boʻlish, turli sohalarda ishlash boshqacha surʼatlarda rivojlanadi. Masalan, p2p oʻtkazmalari yoki mobil telefonlar orqali toʻlash qobiliyatiga ega boʻlish – bundan 10 yil oldin biz uchun real boʻlmagan narsa – respublikada turli sohalarda koʻplab yangi xizmatlarning paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Shu sababli, yangi avlod loyihalari, moliyaviy texnologiyalar boʻyicha startaplarni tayyorlashga birinchi qadam allaqachon qoʻyilgan”, – dedi Farhod Ibragimov.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarni maʼruzachilarga berishlari va ularga batafsil hamda atroflicha javob olishlari mumkin boʻldi.

2021-05-11