Joriy yilning 17-dekabr kuni Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT-Park boshchiligida Zoom-konferensiyasi shaklida umumiy sovrin jamg‘armasi 45 million so‘m bo‘lgan “EdTechHUB” inkubatsiya va akseleratsiya dasturi doirasida “Demo Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Hakamlar hay’atining umumiy tarkibiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nodir Matchonov, Innovatsion rivojlanish vazirligi Investitsiya loyihalari va monetizatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi Zafar Abdurahmonov, “Monday Labs” va “Monday Academy” asoschisi Saidravshan Shakirov, Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Tursun Shafiev va IT ta’lim bo‘limi katta menejeri Alisher Qudratov kiritilgan.
Tadbir davomida “EdTechHub” inkubatsiya va akseleratsiya dasturi bitiruvchilari o‘zlarining ishlab chiqilgan loyihalarini taqdim etish, shuningdek, IT-mahsuloti potentsial mijozlar va investorlar oldida qanday ishlashini aniq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Innovatsion loyihalarni baholash ularning dolzarbligi, innovatsion yo‘nalishi va yangiligi, natijalarga erishish mumkinligi, mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talab, investitsiya jozibadorligi va iqtisodiy samaradorligiga qarab amalga oshirildi.
Quyidagi startap loyihalar mualliflari, g‘olib bo‘ldilar:
1-o‘rin – issiqxona sharoitida o‘simliklar yetishtirish jarayonlarida odam ishtirokini minimallashtirish imkonini beruvchi amalga oshirilayotgan tadbirlarni avtomatlashtirish va monitoring qilishga qaratilgan ekin yetishtiruvchi korxonalar uchun “Aqlli issiqxona” loyihasi;
2-o‘rin – CRM va ERP tizimlarini o‘z ichiga olgan ta’lim muassasalari uchun “Lemix” LMS platformasi;
3-o‘rin – ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning tibbiy hujjatlarini ro‘yxatga olish va monitoring qilish uchun innovatsion platforma;
Ta’kidlash joizki, startap-loyihalarni amalga oshirish jarayoni IT Park’ning yetakchi IT-mutaxassislari oldida tajribali murabbiylar ko‘magida amalga oshirildi, ular innovatsion g'oyalar mualliflariga yakuniy taqdimotga puxta tayyorgarlik ko‘rish, barcha xatolarni ishlab chiqish va loyihaga investitsion jozibadorlik berishga yordam berdi.
2021-12-22