2021-yil 7-avgust kuni IT Park’ga Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi rahbariyati tashrif buyurdi, ular texnikum direktori Yuriy Bagrov va direktorning ilmiy ishlar ishlab chiqarish va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Damira Ramazanova.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiev, IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park direktorining hududiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaxad Qo‘chqorov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov va boshqalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar IT sohasida kadrlar tayyorlash uchun IT ta‘limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Uchrash doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiev Yurtboshimiz IT sohani, ayniqsa, bu sohada ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini alohida ta’kidladi.
Tadbirda axborot texnologiyalari texnikumlarning faoliyati, o‘qitishning yo‘nalishlari va sifati hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilariga, shuningdek, amaliy bilim olish va keyinchalik ishga joylashishga qiziqqan, texnikumlarda o‘qishni istaganlar uchun mehnat bozorida talabning ortishi muhokama qilindi.
IT Park direktori Farhod Ibragimov, shuningdek, delegatsiyani IT Park faoliyati va IT ta’lim sohasidagi loyihalar bilan tanishtirdi, xususan, “One Million Uzbek Coders” va “Future Skills Uzbekistan” kabi loyihalar haqida gapirdi.
Bundan tashqari, suhbat chog‘ida respublika bo‘ylab ixtisoslashtirilgan IT maktablar va IT markazlarni rivojlantirish, IT ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha xalqaro tajribaga ega bo‘lish zarurligi muhokama qilindi. Muhokamada axborot texnologiyalari sohasidagi maktabgacha ta’lim masalalari ham inobatga olindi.
Qozon texnik maktabi direktori Yuriy Bagrov, o‘z navbatida, IT Park’ning 2 yillik faoliyati davomida tez va muvaffaqiyatli o‘sib borayotganini qayd etdi va qiziqqan sohalarda birgalikda ishlashdan manfaatdorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Texnikumlar yaratish, xususan, Xorazm viloyati, Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar universiteti qoshidagi texnikumni Qozon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar Texnikumiga o‘xshash tarzda tajriba almashib barpo etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Bundan tashqari, tomonlar kontsesiya, metodologiya va o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqadi, shuningdek, Qozon texnikumining tajribasi asosida O‘zbekiston Respublikasi boylab texnikumlar va IT markazlarida dars beradigan o‘qituvchilar uchun treninglar tashkil etiladi.
Malumot uchun:
DAKTM “Xalqaro kompetensiya markazi - Qozon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari texnikumi” - bu axborotlashtirish va aloqa sohasida o‘rta darajali mutaxassislarni tayyorlaydigan ta’lim platformasi. Texnikum 1932 yilda tashkil etilgan. Qozon texnikumining asosiy yo‘nalishlari: IT, kiberxavfsizlik va telekommunikatsiya.
Bundan tashqari, Qozon texnikumi axborot texnologiyalarini o‘qitishning amaliy yo‘nalishini yaxshilash maqsadida Rossiya Federatsiyasining turli burchaklaridan o‘qituvchilar tayyorlaydi. Qozon texnikumining yosh toifasi 6 yoshdan 60 yoshgacha, turli xil o‘quv dasturlarini hisobga olgan holda. Texnikumda har yili 1,5 ming talaba o‘qiydi.
2021-09-08