IT Park “Innoprom-2021” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda ishtirok etdi

Joriy yilning 6-aprel kuni IT Park “Innoprom-2021” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ikkita yalpi majlisda ishtirok etdi.

Birinchi majlis “Raqamli ishlab chiqarish: samarali texnologiyalar va yondashuvlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Majlis davomida spikerlar sanoat robotlari va IT orqali qanday qilib biznes masalalarni yechish mumkin ekanligi haqida suhbat qurishdi.

Ushbu majlis spikerlari:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos; 

-IT Park xalqaro faoliyat rahbari o‘rinbosari Bohodir Ayupov;

- Rossiya va MDH davlatlarida “Schneider Electric” kompaniyasi strategiya, innovatsiya va mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Armen Badalov;

- “Skolkovo” jamg‘armasi vitse-prezidenti Aleksey Belyakov;

- Sanoat kiberxavfsizligi ekspert markazi direktori Anton Shipulin;

- O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev;

- “O‘zavtosanoat” AK axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Qobiljon Yusupov va boshqalar.


Ikkinchi majlis mavzusi tibbiyot va sanoat haqida, ya’ni: “Tibbiyot va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik - klinik amaliyotda bemorlarni reabilitatsiya qilishda tibbiy asbob-uskunalar va texnik vositalardan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari”.

Ushbu majlis davomida spikerlar quyidagi mavzularning muhim jihatlari haqida ma’lumot berishdi:
1. Travmatologiya va ortopediya sohalarida zamonaviy tibbiyotning imkoniyatlari;

2. Bemorlarni individual innovatsion tibbiy asbob-uskunalar va texnik vositalar bilan ta’minlash uchun Rossiyadagi tibbiyot va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik misollari;

3. Jarrohlar, travmatologlar va ortopedlarning klinik amaliyotida tibbiy asbob-uskunalar va texnik vositalardan foydalanish uchun axborot texnologiyalari va raqamli tibbiyotga zamonaviy yondashuvlar.

Spikerlar:

-IT Park xalqaro faoliyat rahbari o‘rinbosari Bohodir Ayupov;

- “N.N. nomidagi travmatologiya va ortopediya milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi” BDBM direktori Priorov Aleksandr Gubin;

- “FGUP CITO” bosh direktori Viktor Spektor,

- Travmatologiya va ortopediya markazi boshlig‘i – “N.N. nomidagi travmatologiya va ortopediya milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi” BDBM bosh travmatologi, travmatolog-ortoped, tibbiyot fanlari doktori Leonid Brizan;

- Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov;

- O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev va boshqalar.

Bohodir Ayupov ikkinchi majlisdagi nutqida sog‘liqni saqlash sohasida  IT Park’ning uch nafar rezidenti tomonidan tadbiq etilgan va ishlab chiqilgan loyihalarni misol sifatida keltirdi. Ular quyidagilar: “BePro dasturchilar markazi” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan “MedData 103" tez tibbiy yordam xizmatini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi, “Green White Solutions” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan diagnostika markazlari, tibbiyot klinikalari va boshqa ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari uchun biznes tizimlarini avtomatlashtirish tizimi, shuningdek, “Euro Soft Service” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan klinika va diagnostika markazlari uchun dasturiy ta’minot.

Bundan tashqari, Bohodir Ayupov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning taqdimotiga suyangan holda sog‘liqni saqlash sohasida axborot texnologiyalarini joriy etishni talab qiladigan ko‘plab sohalar mavjudligini ta’kidladi. Shu bilan birga Bohodir Ayupov O‘zbekistonda Rossiyaning IT kompaniyalari uchun katta maydon mavjudligini ko‘rsatib berdi. Qolaversa, O‘zbekistan bozoriga kirish va o‘z faoliyatini kengaytirishni istagan Rossiya IT kompaniyalari uchun IT Park’ning eshigi har doim ochiq ekanligini ham qo‘shimcha qildi. Uning ta’kidlashicha, IT kompaniyalar IT Park rezidentlariga aylanganda, tashkilot ularga qo‘lidan kelgan barcha yordamni, shu jumladan huquqiy yordam, soliq imtiyozlari, kerakli aloqa topish va hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishda yordam ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.

“IT Park’ni Rossiya IT kompaniyalarining O‘zbekiston IT bozoriga kirishini ta’minlaydigan markaziy nuqta deb hisoblash mumkin”, - deb ta’kidladi Bohodir Ayupov.

Shuningdek, Bahodir Ayupov ko‘rgazmada ishtirok etgan Rossiyaning IT kompaniyalari bilan, xususan Alisher Usmonov tuzulmalari bilan boshqariladigan "Usm Digital Technologiyes", "Infosystems Jet", "ICS Holding", "Ascon", "Datark" kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Majlis yakunida Bahodir Ayupov IT Park’ning potensial hamkorlari va rezidentlari ro‘yxatini kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi hamda ular bilan  og‘zaki ravishda kelgusidagi hamkorlik rejalarini batafsil muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil etish haqida kelishib oldi.
 




 


 

 

2021-04-07