IT Park MIZ “Innopolis” va Qozon shahri “IT Park” bilan memorandumlar imzoladi

22-sentyabr kuni “Kazan Digital Week – 2021” xalqaro forumi doirasida IT Park xalqaro hamkorlar – AJ “MIZ Innopolis” va Qozon IT Parki bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi.

Uchrashuvlarda IT Park direktorining hududiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaxad Qo‘chqorov, IT Park rezidentlarini ro‘yxatga olish va monitoring bo‘limi boshlig‘i Lazizbek Xudayev, ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sardor Qo‘chqorov, AJ “MIZ Innopolis” bosh direktori Renat Halimov, AJ “MIZ Innopolis” Bosh direktorning Rivojlanish va rezidentlari bilan o‘zaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Vadim Galeev, Qozon IT Park direktori Aleksandr Borisov ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida AJ “MIZ Innopolis” direktori axborot texnologiyalari sektori va ekotizimining o‘sishi va rivojlanishini hamda O‘zbekistonda IT Park tashkil etilganidan buyon istiqbolli startap loyihalarini qo'llab-quvvatlashini ko‘rib “IT Park Uzbekistan” bilan hamkorlik qilish muhimligini qayd etdi.

Uchrashuv o‘zaro manfaatli hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini belgilaydigan hamkorlik memorandumini imzolash bilan yakunlandi:

● har ikki tomon rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi bozoriga chiqishda ko‘maklashish;

● milliy ishlab chiqaruvchilarning dasturiy mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorlarga ishlab chiqish, ilgari surish, eksport qilish bo‘yicha tajriba almashish;  

● rezidentlar faoliyati uchun shart-sharoitlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish;

● ilmiy va boshqaruv xodimlari, shuningdek, murabbiylarning ilmiy va professional amaliyotlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

● Tomonlarning innovatsiyalarga bag‘ishlangan forumlari, konferensiyalari, ko‘rgazmalari, seminarlari va boshqa tadbirlarini tashkil etish va ishtirok etishda ko‘maklashish;

● “IT Park Uzbekistan” rezidentlari bilan “MIZ Innopolis” o'rtasida bilim va tajriba almashishga qaratilgan samarali tarmoqni rivojlantirish uchun sharoit yaratish

Bundan tashqari, “MIZ Innopolis” bilan tuzilgan shartnoma doirasida IT sohasida kadrlarni qidirish, baholash, rag‘batlantirish va boshqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlarning malakasini oshirishga ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Va tez orada, 19-oktyabrda, IT resident kompaniyalari uchun shartnoma asosida o‘quv moduli boshlanadi.

Ikkinchi o‘zaro memorandum Qozon shahridagi yuqori texnologiyalar sohasidagi texnopark “IT Park” bilan tashkilotning direktori Aleksandr Sergeevich Borisov tomonidan imzolandi.

2019-yil 2-aprelda tomonlar birinchi hamkorlik shartnomasini imzoladilar, natijada ko‘plab qo‘shma loyihalar ishga tushirildi va amalga oshirildi hamda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda har ikki tomonga o‘zaro yordam ko'rsatildi. Hamkorlik natijalarini ko‘rib, shartnomaga ba’zi o'zgartirishlar kiritish va O‘zbekiston va Tatariston texnoparklari o'rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga qaror qilindi.

“IT Park Uzbekistan” va Qozon shahri “IT Park” yaqin orada axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashadi.

Ikkita muhim hamkorlik bitimining imzolanishi har ikki mamlakatning axborot texnologiyalari sektori va startap ekotizimini yangi bosqichga olib chiqishga va O‘zbekistondagi ishlab chiquvchilar va startap egalariga xalqaro bozorga chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi.

2021-09-23