18–19-may kunlari Qozon shahrida “Rossiya – Islom olami: KazanForum 2023” XIV Xalqaro iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi, unda “IT Park Uzbekistan” delegatsiyasi ham qatnashdi.
Tadbirning maqsadi – Rossiya va Islom hamkorlik tashkiloti mamlakatlarining savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Forum maydoni har yili xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, moliya institutlari, elchixonalar vakillari, parlament deputatlari, yetakchi investorlar hamda biznesmenlar, Rossiya va xorijiy kompaniyalarning top-menejerlarini jamlaydi.
Tashrif yetakchi logistika kompaniyalari bilan uchrashish, hamkorlik istiqbollarini o‘rganish, shuningdek, mamlakatning taʼlim investitsiyalari yoʻnalishi sifatida salohiyatini namoyish etish imkonini berdi. Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi T4DATA, GenIT, Tattrans logistics, Innostage, MDEC, Top Franchise, Mobile Biometrics Solutions, ITC Iran TVTO, “Yagona broker” va boshqa kompaniyalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Forumning birinchi kuni “Zamonaviy raqamli dunyo uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish” mavzusidagi panel muhokamasi bilan boshlandi, unda delegatlar sohadagi so‘nggi yangiliklar haqida bilib oldilar. Innopolis universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu sessiya doirasida IT Park vakillari “One million Uzbek coders” va Coursera kabi loyihalar haqida gapirib, rezidentlar bilan olib borayotgan ishlari va ularga imtiyozlar berish jarayonini tasvirlab berishdi.
Shu kuni Innopolis investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha yetakchi menejer Aliya Islamova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi va u shahar faoliyati va uning mamlakatda IT sohasini rivojlantirishdagi oʻrni haqida maʼlumot berdi.
Tadbirning ikkinchi kuni Kasblar va ko‘nikmalarni rivojlantirish agentligi (KKRA), STA tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro ko‘nikma va kasblarni rivojlantirish dasturi” mavzusidagi panel muhokamasi bilan boshlandi.
Sessiyada ishtirokchilar IT Park Uzbekistan xodimlarining mamlakatda IT-taʼlimni rivojlantirish boʻyicha maʼruzasini tingladilar: ITPU va IT Markazlari faoliyati haqida soʻz yuritdilar, taʼlim rezidentlari uchun imtiyozlar, IT Bilim loyihasi va Coursera platformasi haqida soʻzlab berdilar. Delegatsiya vakillari ushbu loyihalar yoshlarga IT sohasida munosib ta’lim olishga qanday yordam berayotgani haqida gapirib, o‘quv dasturlari sifati va mehnat bozorining o‘zaro ta’sirini yaxshilash uchun biznes va ta’lim qanday uyg‘unlashganini aytib o‘tdilar.
Bundan tashqari, forum doirasida IT Park oʻz faoliyatini Security code, GenIT, ROBBO, Innopolis, SolarLab, Element, Yagona broker, ITC-Iran TVTO, Royal industrial trading Co., ANP ZENIT, Eurasian Pattent Organization (EAPO), Tatariston Respublikasining mashinasozlik klasteri kabi kompaniyalarga taqdim etdi.
Delegatsiya forumda qatnashayotgan qator xalqaro kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib bordi va O‘zbekiston Respublikasi hududida oʻz ofislarini ochish taklifi bildirildi.
Ta’kidlash joizki, Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda dunyoning 80 ta davlatidan 16000dan ziyod kishi qatnashdi, bu esa mamlakatning xalqaro gigantlar bilan qo‘shma savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik loyihalarda hamkorlik qilishi uchun yangi tanishlar va aloqalar oʻrnatish, Oʻzbekistonda ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatining xabardorligini oshirish, taʼlim sohasidagi jahon tendentsiyalari va innovatsion yechimlarini oʻrganish imkonini berdi.
2023-05-22