IT Park rezidenti FOM Droup BAAda bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi

21-iyundan 24-iyungacha Dubayda “Arab Health 2021” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada “Arzon Apteka” mashhur xizmati vakili sifatida IT Park rezidenti “FOM Group” ishtirok etadi.

“Arab Health 2021” – bu O‘zbekiston, Koreya, Turkiya, Belarus, Fransiya, Braziliya, Portugaliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Gretsiya, AQSh, Rossiya kabi 500 dan ortiq kompaniya-loyihalar namoyish etiladigan xalqaro ko‘rgazma.

Ko‘rgazmani tashkillashtirishdan asosiy maqsad - dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasini birlashtirishdir. Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar sog‘liqni saqlash sohasidagi so‘nggi mahsulotlar, texnologik loyihalar hamda innovatsion yechimlar bilan tanishishlari, shuningdek, investorlar va boshqa tadbirkor kishilar bilan muloqot qilishlari mumkin boladi.

Loyihamizning jahon miqyosiga chiqishi jamoamiz uchun tarixiy qadamlardan biridir. Shaxsan men uchun bu bolalikdagi orzuimning ushalishi. Bolaligimda otamga kichik farm-biznesida yordam berib yurgan paytlarimda, yirik dorixona tarmog‘ini yaratishni o‘ylardim. O‘z biznesimni boshlaganimdan so‘ng, kelajak an’anaviy sohalarga axborot texnologiyalarini joriy qilishda ekanligini tushunib yetdim. Arzon Apteka g‘oyasi o‘sha paytlarda vujudga keldi. Uning biznes modeli obyektiv qiyin davrlarda ham yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qodir. Aslida, kompaniyaning investitsiya jozibadorligi, shuningdek, IT Park ekotizimi uchun eng qulay shart-sharoitlar bilan loyihani boshqa bozorlarga yetkazish maqsadida yurgan edim”,- dedi ArzonApteka asoschisi Murat Mahkamov.

Eslatib o‘tamiz, “Arzon Apteka” – bu dori-darmon qidirish bo‘yicha millionlab auditoriyaga ega bo‘lgan onlayn xizmat turi va qulay ilovadir. Xizmatga ulanish orqali dorixonalar xaridorlar oqimini ko‘paytirishi, brendini ommalashtirishi hamda raqamli xizmatlardan foydalanadigan faol va to‘lovni amalga oshira oladigan auditoriya bilan bevosita aloqada bo‘lishi mumkin.

Qiziqarli fakt

Mahsulotning ilk versiyasi 2017-yilda AppStore va GoodlePlay’da chiqdi. Arzon Apteka ishga tushirilganidan so‘ng O‘zbekistonda arzon dori-darmonlarni tezda topish bo‘yicha yetakchi onlayn xizmatga aylandi. Qolaversa, songgi haftalarda kunlik qidiruvlar soni 70 mingga etdi.

“FOM
Groupekspertlari tomonidan olib borilgan jahon farmatsevtika bozori tahlili birinchi navbatda, dorixonalarni avtomatlashtirish darajasi nisbatan pastligi hamda iste’molchi bir-biriga oxshashligi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida foydalanuvchilarni ustuvor qamrab olish istiqbollarini yaqqol korsatib berdi. “ArzonApteka” xizmatini kengaytirish uchun Birlashgan Arab Amirliklari makrayonni tanladik. Bir oylik intensiv izlanishlar va tadqiqotlar natijasida jamoamiz BAA bozorini o‘rganishga, shuningdek, bir hafta ichida ArzonAptekani bir nechta nuqtada ishga tushirishga muvaffaq bolishdi. Birinchi foydalanuvchilar o‘zlarining sevimli ilovalari yordamida allaqachon xaridlarni amalga oshirishni boshlab yuborgan”, - deyiladi FOM Group matbuot xizmati xabarida.





 

2021-06-22