IT Park rezidenti «MyTaxi» 9-maktabga tashrif buyurdi

2020-yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahrida joylashgan 9-sonli maktabga «MyTaxi» direktori Eshonxonov Muhammad Bobur kompaniya vakili sifatida tashrif buyurdi.

Muhammad Bobur IT sohasidagi ish tajribasi bilan boʻlishib, ushbu sohaning istiqbollari, nega dasturlashda oʻzlarini sinab koʻrishlari kerakligi haqida qisqacha gapirib oʻtdi.

«MyTaxi
» direktori bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasidagi kasblar dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan va yuqori talabga ega boʻlgan kasblardan biri ekanligini taʻkidlab oʻtdi.

Shuningdek, u MyTaxi dasturi, uning qanday ishlashi, qanday qilib bunday dastur yaratish mumkinligi
va bu uchun nimalarni bilish va qilish lozimligi haqida soʻzlab berdi.

Suhbat yakunida maktab o
ʻquvchilari alohida qiziqish va ishtiyoq bilan MyTaxi’ning ichki oshxonasi”, dasturning funksiyalari, MyTaxiʼning oʻz ishchilariga beradigan imkoniyatlari va boshqa koʻplab narsalar haqida savol berdilar.

Bunday uchrashuvlar bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasining ahamiyati va
oʻrni haqida yosh avlodda tushuncha va xulosa hosil qilishda ijobiy oʻrin tutadi.
 



 

2020-11-28