IT Park rezidenti “QA School: embedded” bepul kurslarini yo’lga qo’ydi

IT Park rezidenti, Toshkentdagi “DSR Corporation” QA muhandisi bo'lishni xohlovchilar uchun bepul kurslarga qabul e'lon qildi.

Kurs korporatsiyaning IoT qurilmalari bilan ishlash boʻyicha koʻp yillik tajribasi va oʻz IoT mahsulotlarini ishlab chiqishi asosida yaratilgan. Kompaniyaning QA jamoasi xorijiy mijozlar uchun dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish bo'yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega. Mashg'ulotlar kompaniyaning yetakchi muhandislari tomonidan olib boriladi. Ma'ruzalar va amaliyot rus tilida onlayn tarzda o'tkaziladi.

Trening 1 semestr davom etadi va 2022-yil dekabr oyida yakunlanadi. Bu vaqt davomida kurs talabalari eng dolzarb IT-kasbini o‘zlashtirish, test o‘tkazishning umumiy nazariyasi va amaliyotini tushunish, IoT qurilmalari bilan ishlash xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

20-sentabrgacha bepul kurslarga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://ru.dsr-corporation.com/student/courses/qa-school-embedded/.

Nomzodlar kirish imtihonidan o‘tishlari kerak. Trening davomida texnik hujjatlar bilan ishlash uchun ingliz tilini bilish darajasi Pre-Intermediatedan kam bo‘lmasligi lozim.

O‘quv jarayonida talabalar o'rnatilgan tizimlar, smart-qurilmalar va internet haqida chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, sinovdan o'tkazish(testlash) asoslari va testlarni yaratish usullari bilan tanishadilar, qolaversa, test hujjatlarini to'g'ri yozishni va xatolar haqida hisobotlarni tuzishni o'rganadilar, QA-embedded muhandis yo‘lga qo‘yadigan xatolar, sinovdan o‘tkazish jarayonlarini bajarish va boshqa ko’plab  ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. Kursni tamomlagandan so'ng talabalar Junior developer lavozimi uchun yetarli bo'lgan bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Kurs yakunlari bo’yicha bitiruvchilarga DSR elektron sertifikati beriladi. Eng a’lochi talabalar esa suhbatga taklif qiladi.

29-avgust kuni “DSR Corporation”ning Toshkentdagi vakolatxonasida sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi: “QA School” maktabining ilk 5 nafar bitiruvchisiga o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

Bepul kurs doirasida bo‘lajak QA muhandislari test-dizayn va xatolar(bug-report) haqida hisobotlarini bajarishni o‘rgandilar, testlash jarayoni haqida kerakli bilimlar bilan bir qatorda kasbiy jihatdan rivojlanish va ishga joylashish bo‘yicha foydali maslahatlar oldilar.

Eslatib o'tamiz, “QA School” maktabi “DSR Corporation”ning eng fundamental kurslaridan biridir. O'quv markazlari Rossiyada 10 yildan ortiq muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko'rsatib kelmoqda va shu vaqt ichida 1500 dan ortiq yangi boshlang'ich muhandislarni tayyorlagan. 2022-yilda har beshinchi bitiruvchi kompaniya xodimiga aylandi. Joriy yildan boshlab o‘quv markazida toshkentlik talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

2022-09-06