IT Park rezidentlari faoliyatining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi statistikasi

Mana bir yildirki IT Park faol holda IT sohasini rivojlantirib bormoqda hamda Oʻzbekistonning ichki va tashqi bozorlarida dasturiy va yuqori texnologik mahsulot va xizmatlarni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bormoqda. Shu tariqa, IT Park tamoman qoʻllab-mahalliy IT kompaniyalarni quvvatlamoqda va rivojlantirmoqda, ularni ichki va tashqi bozorlarda jadallashtirmoqda hamda xorijiy investitsiyalar jalb qilishda koʻmaklashmoqda.

Har taraflama qoʻllab-quvvatlov tufayli koʻplab IT kompaniyalar IT Parkʼga katta qiziqish bilan qaramoqda va uning bir boʻlagiga aylanish, yanada aniqroq qilib aytdagan boʻlsak, IT Park rezidenti boʻlish istagini bildirmoqda. Bu esa oʻz navbatida kompaniya yanada rivojlanishi, shuningdek oʻz koʻlamini kengaytirishi va Oʻzbekistondan tashqariga chiqishi uchun imkon yaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududining qaysi nuqtasida roʻyxatdan oʻtganidan qatʼiy nazar, yuridik shaxslar IT Park rezidentiga aylanishlari mumkin. Bizda rezident maqomini olgan IT kompaniyalar avtomatik ravishda 2028-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliq toʻlovlaridan, davlat maqsadli fondlariga toʻlanadigan majburiy yigʻimlardan, shuningdek ijtimoiy toʻlovlardan va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Ayni damda IT Parkʼda 412 ta rezident roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil qilingan. 2020 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra 116 ta IT kompaniya IT Park rezidenti maqomiga ega boʻldi, ulardan 28 tasi 2020 yilda tashkil qilingan.

Rezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab taqsimlanishi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 2

Andijon viloyati - 2

Buxoro viloyati - 8

Jizzax viloyati - 5

Qashqadaryo viloyati - 6

Namangan viloyati - 4

Navoiy viloyati - 2

Samarqand viloyati - 2

Sirdaryo viloyati - 2

Toshkent viloyati - 5

Fargʻona viloyati - 8

Xorazm viloyati - 8

Toshkent shahri - 358

412 rezidentdan 250 tasi oʻz faoliyatini kompyuter dasturlash va konsultatsiya yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadi, 79 tasi maʼlumotlarni hamda veb portallarni joylashtirish va qayta ishlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi, 67 tasi dasturiy taʼminot ishlab chiqish xizmatini koʻrsatadi va 16 tasi axborot texnologiyalarini oʻqitish boʻyicha faoliyat olib boradi.

2017-yilda IT Park rezidentlari xodimlari umumiy soni 2523 nafarni tashkil qilgandi. 2018-yilda ushbu koʻrsatkich yiriklashdi va 3045 nafarga yetdi. 2019-yil oxiriga kelib rezident kompaniyalar xodimlari soni 4584 nafar edi. 2020-yilning birinchi yarim yilligida IT kompaniyalardagi ishchilar soni 116 nafarga oshdi va 4700 nafar oʻz ishining ustalaridan iborat boʻldi.

2020-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, rezidentlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 361,4 mlrd. soʻmni, oʻtgan yilning shu davriga solishtirganda oʻsish surʼati 177 % ni (2020-yilning I choragi boʻyicha 186,1 %), eksport xizmatlari hajmi esa 6,4 mln AQSH dollarini (2020-yilning I choragi boʻyicha 3,8 mln. AQSH dollari) tashkil qildi. Oʻtgan yilgan nisbatan oʻsish koʻrsatkichi 5,8 barobarni tashkil qildi.

412 rezident ichidan 48 ta kompaniya faoliyati eksportga qaratilgan. AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, BAA, Isroil, Gollandiya, Norvegiya va MDH mamlakatlari asosiy tijorat bozori hisoblanadi.

IT Park eshiklari doimo yangi IT kompaniyalar uchun ochiq. Biz Oʻzbekistonda IT sohasi rivojlanishi yoʻlida sizni qabul qilishga va faoliyatingizni qoʻllab quvvatlashga tayyormiz.

https://it-park.uz/storage/images/newsimage/residency-web_1600501402.pdf

 

IT Park rezidentiga aylanish maqsadida ariza topshirish uchun havola: https://it-park.uz/uz/itpark/residents/residence-application

2020-09-18