IT Park rezidentlari – “MayaSoft” xalqaro bank kartalarini qabul qilish uchun yangi texnologik yechimlarga oid ishlarni yakunlashdi.

Mayasoft Visa Tap to Phone texnologiyasi asosida kontaktsiz toʻlovlarni qabul qilish uchun yechimlarni ishlab chiqish ustida ishlarni tugatishdi.

Marta.uz – xalqaro bank kartalarini qabul qilish uchun toʻlaqonli avtomatlashtirilgan murakkab yechim.

2018 yilning iyul oyida MayaSoft LLC Oʻzbekiston bozori uchun yangi toʻlov infrastrukturasini yaratishni boshlagan edi. Mazkur masalani hal qilishga 10 yillar davomida raqamli yechimlarni ham yirik tashkilotlar, ham kichik va oʻrta biznes uchun qulay xizmat koʻrsatib kelayotgan hamkor bank – “ОrientFinansBank” ham qoʻshildi. Shu tariqa, “Marta.uz” – kontaktsiz toʻlovlarning dastlabki hamkorlikdagi yechimi yaratildi.

Bu qanday ishlaydi?

Toʻlov, kontaktli toʻlov kartalaridan kartani oʻqish apparati (mPoS) orqali, ham smartfonning oʻrnatilgan NFC interfeysi orqali kontaktsiz toʻlov kartalari vositasida amalga oshiriladi.

Tizim GSM aloqasidan foydalangan holda internetsiz ishlashi mumkin. Xavfsizlik EMV L1&L2 и PCI DSS standartlari talablariga mos keladi. Operatsiyalar sertifikatlangan klaviaturaga PIN-kod kiritish orqali tasdiqlanadi. Toʻlov va karta toʻgʻrisidagi hech qanday maʼlumot rider yoki smartfonda saqlanmaydi. Barcha maʼlumotlar shifrlangan holda yetkazib beriladi.

Analitik asboblarning toʻliq toʻplami har doim qoʻlingizda. Shaxsiy kabinetda har bir terminal ishi haqidagi hisobotni yuklab olishingiz va tanishib chiqishingiz, toʻlov jarayonida terminalning joylashuvi toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin. Shuningdek, siz tovar, xizmatlar, sotuv va qoldiqlar, tushumlar hisoboti, hisobotlar, tahlillar, hamda xodimlarni boshqarish haqidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqish imkoniga ega boʻlasiz. Tadbirkorlar amalga oshirilayotgan toʻlovning joylashgan nuqtasi haqida maʼlumotni olishlari mumkin, bu esa, oʻz navbatida, sayyor xizmatlarni nazorat qilish hamda logistik xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi.

Visa Tap to Phone texnologiyalari smartfonni qoʻshimcha uskunalarsiz POS terminaliga aylantirish imkonini taqdim etadi, buning uchun shunchaki ilovani yuklab olish va oʻrnating. Bu katta boʻlmagan savdo-xizmat hamda xususiy tadbirkorlar uchun zamonaviy mobil uskunalar yordamida kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini bersa, mijozlar kontaktsiz karta, telefon yoki soatlarini sotuvchining Visa Tap to Phone yechimiga qoʻyish bilan toʻlovni bir necha sekundlarda amalga oshirishlari mumkin.

Yangi, Visa Tap to Phone asosidagi “Marta” yechimi Oʻzbekistondagi toʻlovlar infrastrukturasini kengaytirishga yordam beradi. Bu oʻz navbatida, raqamli toʻlovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi va isteʼmolchilar orasida ularga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi.

“MayaSoft” haqida

MayaSoft – barcha turdagi toʻlov kartalarini turli xil usulda – kontaktli va kontaktsiz chip yoki magnitli lenta orqali amalga oshiruvchi mobil POS terminali.

MayaSoft – bu IT Park rezidenti boʻlgan Oʻzbekistondagi startap. MayaSoft ilk yaratilgan bosqichlarda IT Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridan oʻtgan. 2019 yilda MayaSoft eng yirik xalqaro startap-festivallaridan biri bo’lmish MENA FinTech da “EMERGING MARKETS FINTECH” (Развивающиеся рынки Финтех) nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan.

Nodir Badriddinov, MayaSoft LLC g’oyaviy ilhomlantiruvchisi va asoschisi:

“Marta.uz to’lov tizimi o’z yo’nalishi bo’yicha eng yaxshisi va kichik hamda o’rta biznes uchun to’laqonli mos keladi. Past narxi va mahalliy ishlab chiqaruvchining qulay funksionalini hisobga olgan holda, Visa Tap to Phone  texnologiyasiga asoslangan “Marta.uz” xizmati oddiy smartfonni NFC texnologiyali POS to’lov terminaliga aylantirish aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, tadbirkorlar to’lov jarayonida istalgan kontaktsiz bank kartalarni qabul qilish bilan birgalikda, tizimning  foydalanuvchi shaxsiy kabinetidagi amallar monitoringini masofaviy amalga oshirish funksiyasidan foydalanishlari mumkin”.
 

 

2020-08-25