IT Park rezidentlari – «Slash Dash» va ta’limni nazorat qilish tizimi platformasi!

Slash Dash bu IT Park rezident kompaniyasi bolib, dasturiy taminotni ishlab chiqish boyicha toliq kompleks xizmatlarini taqdim etadi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan.  Slash Dash yetarlicha yirik portfolioga ega - shu vaqtgacha 8 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihani amalga oshirgan, ularning koplari noldan boshlab tolaqonli amalga tatbiq etilgan. Bundan tashqari, loyihalarning bir qismi bugungi kunda ham bizning mutaxassislarimiz nazorati ostida doimiy optimallashtirilmoqda.

Slash
Dash quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

1. Betakror veb saytlar;

2. CRM va ERP tizimlari;

3. Veb ilova va server yechimlari;

4. Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kompleks tizimlar;

5. iOS va Android uchun mobil ilovalar.

Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekistondagi turli o‘quv muassasalari uchun “Slash Edu” deb ataluvchi ta’limni boshqarish tizimini (Learning Management System - LMS) ishlab chiqishdan iborat. “Slash Edu” tizimi allaqachon mahalliy bozorda samara berdi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Respublika biznes va boshqaruv maktabi uchun platforma joriy qildi va rivojlantirmoqda. Shuningdek, ayni vaqtda kompaniya “Slash Edu” platformasini TEAM University uchun joriy etmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, Slash Dash dasturchilari uzoq yillardan beri LMS platformasini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti uchun optimallashtirib kelmoqda.

“Slash Edu” ta’lim boshqaruvining yagona va moslashuvchan tizimi bo‘lib, nafaqat universitetlar, balki davlat maktablari, litsey, o‘quv markazlari va boshqa tashkilotlar uchun ham mos keladi.

Platformaning afzalliklari:

- Masofaviy, sirtqi va kunduzgi o‘quv turini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlash;

- Modul-kredit hamda ana’naviy o‘zbek ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash. Bunda kompaniya ana’naviy o‘zbek tizimidan modul-kredit tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish imkoniyatini taqdim etadi;

- Xizmatlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘laqonli taqdim eta olish;

- Platforma butunlay shaxsiy kodda yozilgan bo‘lib, loyihaning istalgan qismini modifikatsiya qilish, shuningdek uning funksionalini cheksiz kengaytirish imkonini beradi;

- Cheklovlarsiz funksionalga ega bo‘lgan va foydalanishda qulaylik hamda ishonchlilikni saqlab qolgan iOS va Android platformalarida ishlaydigan ilovalarning mavjudligi;

- Platformani yaratishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan va bu o‘z navbatida, yuqori samaradorlik va moslashuvchanlikni ta’minlaydi (React.JS, Java, Kotlin, Flutter);

- Hujjatlarni onlayn taqdim etish, topshiriqlarni boshqarish (Task Manager) va elektron hujjatlarni ichki almashinuvini yuritishda tizim integrastsiyasi.

- Va boshqalar.

Platformaning afzalliklari haqida behisob gapirish mumkin, ammo ishontirib aytamizki, uning bekamu-ko‘stligiga amin bo‘lish uchun, shunchaki undan foydalanib ko‘rishingiz kifoya qiladi.


Loyihamizga qiziqdingizmi? Un holda undan foydalanib koring!

Boglanish uchun:

Boah direktor - Halilullo Abdumominov

Mob. 1: +998 97 431 00 23

Mob. 2: +998 90 353 75 55

2020-08-29