IT Park rezidentlari va bank sohasi vakillari bilan uchrashuv

26-may kuni Toshkentda IT Park rezidentlari va O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarini raqamlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida SERVPOINT EAST, CUSTOMER EXPERIENCE LABORATORY, DEVELOPERTOOLS, OCTO va boshqalar kabi kompaniyalar bank sohasiga joriy etish maqsadida o‘z mahsulot va xizmatlarini taqdim etdi.

Tadbir ishtirokchilari xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ichki jarayonlarni optimallashtirish uchun bank sohasiga eng so‘nggi IT-texnologiyalarni joriy etishning muhimligini muhokama qildilar. Yig‘ilishda “Milliy bank”, “Turon bank”, “Ipak yo‘li bank”, “Xalq bank”, “Aloqabank” va boshqa ko‘plab yirik banklar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o‘tdi, ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Bunday uchrashuvlar bilim va tajriba almashish, muloqot va tanishlar doirasini kengaytirish, shuningdek, bank sohasida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish imkonini beradi.

2023-05-28