IT Park Rezidentlariga

Hurmatli IT Park rezidentlari,

"Oʻzinjiniring" Respublika loyihalashtirisg instituti veb-saytini doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash va ularga xizmat koʻrsatish (maʻmuriylashtirish) imkoniga ega IT kompaniyalarni izlayotganini maʻlum qilindi.

Tanlovda mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, har qanday xorijiy yuridik shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari) va mahalliy yuridik shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari), shu jumladan, kichik biznes subyektlari, bunda 2-bandda koʻrsatilgan yuridik shaxslar bundan mustasno, ishtirok etishi mumkin, 

1. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod:

- tanlov shartlari bilan batafsil tanishish uchun maxsus axborot portalida joylashtirilgan tanlov hujjatlarining elektron nusxasini yuklab olishi;

- tanlov taklifi hujjatlari roʻyxatiga muvofiq oʻz taklifini taqdim etishi.

2. Quyidagi nomzodlar tanlovda ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi: 

- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlgan;

- “Buyurtmachi” bilan sud yoki hakamlik ishi muhokamasida bo'lgan;

- soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikka ega;

- imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va moliyaviy operatsiyalarni (offshor hududlarda) amalga oshirishda axborotni oshkor qilish va taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar yoki hududlarda roʻyxatdan oʻtgan va bank hisob raqamlariga ega.

Qiziqish bildirgan nomzodlar, shuningdek batafsil maʼlumot olish uchun texnik masalalar boʻyicha +998909853044 - Peshekxonov Konstantin bilan bogʻlanishingizni soʻraymiz.

Tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar, shuningdek, ilova qilingan faylda tanlov hujjatlari bilan tanishib chiqishingizni qat’iy tavsiya qilamiz.

Конкурсная документация скачать

Hurmat bilan,

IT Park  Direksiyasi

2020-08-28