2021-yil 25-dan 27- yanvargacha IT Park va turkiyalik IT kompaniyalar va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, keyinchalik IT Park rezidentlarining Turkiya bozorida faoliyat yuritishi, shuningdek, IT xizmatlar eksportini targ‘ib qilish hamda startap ekotizimini rivojlantirishda tajriba almashish maqsadida IT Park delegatsiyasi bir qator rezident kompaniyalar bilan birgalikda Turkiyaga tashrif buyurdi.
Turkiyada jami 40 ta texnopark mavjud ekanligi ma’lum. Ularning asosiy yo‘nalishlari - Talent Hub va Turkiya bozorida ilmiy-texnik (R-D) bilimlar bazasini va mutaxassislarni rivojlantirishdan iborat.
Shuni ta’kidlash joizki, Turkiyada eng ko‘p daromad keltiradigan sohalar IT, axborot kommunikatsiya, moliya, sog‘liqni saqlash, tadqiqot, ko‘chmas mulk va qurilish hisoblanadi. Bu yerda oylik daromadi $1500-2500 tashkil etadi. Turkiyadagi dasturchilar o‘rtacha $2000-2500 topadi. Istanbulda va boshqa yirik shaharlarda esa ko‘proq pul ishlash imkoniyati mavjud.
Startap ekotizimi nuqtai nazaridan, startaplarning aksariyati Istanbulda joylashgan. Sababi bu yerda noyob goyalarni amalga oshirish uchun har qanday shart-sharoitlar yaratilgan. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya aholisining aksariyati 30 yoshdan kichi. Mamlakatda ko‘plab nostandart g‘oyalarni amalga oshirishdan qo‘rqmaydigan iste’dodli mutaxassislarning soni ko‘p. Qolaversa, Turkiya aholisining 85 foizidan ko‘pi smartfonlardan foydalanadi. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Turkiyada smartfonlar soni taxminan 18,5 million donadan oshadi. Bundan tashqari, turklar onlayn-do‘kon va onlayn-banklarning eng faol foydalanuvchilaridan biri hisoblanadi. Shularni inobatga olsak, Turkiyaliklar mamnuniat bilan hayotida innovatsion texnologiyalardan foydalanadi deb ayta olamiz.
Shuning uchun IT Park Turkiyaga rezidentlar bilan birgalikda mahalliy texnopark va IT kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatish uchun tashrif buyurdi.
2021-yil 25-yanvar kuni IT Park delegatsiyasi “Istanbul Technical University” va “ITUARI Technokent” bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda IT Park direktorining birinchi o‘rinbosari Alisher Xafizov, IT Park tashqi bozorida targ‘ibot bo‘yicha menejer Mansur Mamajonov, “Istanbul Technical University” bosh menejeri professor Attila Dikbash, “ITUARI Technokent” inkubatsiya dasturlari bo‘yicha bosh mutaxassis Guvench Sozen, Biznesni rivojlantirish va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor Arzu Yerilmaz, “Docline” bosh direktori Shoxrux Naimov, “Greenwhite Solutions” bosh direktori Abduqahhor Toshmuhamedov, “Eurosoft” xalqaro loyihalari bo‘yicha menejer Ulug‘bek Nuriddinov.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z faoliyatlarini namoyish etish bilan bir qatorda rezidentlik, texnopark rezidentlariga beriladigan imtiyozlar va shu kabi boshqa masalalarni muhokama qilishdi. Bundan tashqari, tomonlar SEED akseleratsiya dasturlari bo‘yicha tajriba almashish hamda IT xizmatlari eksportini targ‘ib qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv so‘ngida IT Park “Istanbul Technical University” va “ITUARI Technokent” bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Keyin esa delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Konsulligi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid A’zamxo‘jayev, “Gül Production” kompaniyasi rahbari, Turkiyadagi o‘zbek diasporasi vakili Ergen Muattar hamda IT Park rezidentlari ishtirok etishdi.
Kelishuv davomida IT Park rezidentlarini targ‘ib qilish hamda Turkiya bozorida ularning faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, tomonlar o‘rtasida IT sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv qo‘lga kiritildi.
Ishning asosiy yo‘nalishi doirasida turkiyalik hamkorlar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi, bu hamkorlik O‘zbekistonning ishonchli imidjini va o‘zbek IT kompaniyalarining vakolatlarini shakllantirish uchun kuchli referens berishga yordam beradi.
B2B, B2C, G2G, G2C sohasidagi loyihalarni Turkiyada va boshqa xalqaro bozorlarda amalga oshirish uchun O‘zbekistondan kelgan muhojirlar bilan ishlash konsepinkubatsiyasi taklif etildi.
2021-yil 26-yanvar kuni IT Park delegatsiyasi “Yildiz Technopark”, “Partners to the future” va “Ankageo” bilan uchrashuvlar tashkil qildi.
Uchrashuvda “Yildiz Technopark” bosh direktorining o‘rinbosari Isa T. Inchi, “Yildiz Technopark” boshqaruvchi hamkori Mustafa Mente, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid A’zamxo‘jayev va IT Park delegatsiyasi hamda tashkilot rezidentlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv yanunida IT Park rezidentlari bilan tashqi bozorlarga ko‘tarilish dasturlarida hamkorlik qilish, shuningdek, Silikon vodiysidagi Turk texnoparkining kampusidagi tadbirkorlik dasturlarida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Kelishuv natijasida IT Park rezidenti hisoblanuvchi “Docline” va “Yildiz Technopark” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Qolaversa, “Docline” kompaniyasining Istanbuldagi vakolatxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Partners to the Future” va “Ankageo” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ma’lumotni manipulyasiya qila oladigan raqamli modellarni shakllantirish maqsadida real vaqt rejimida ma’lumotlarni qabul qilish uchun maxsus jihozlangan mashinalar va dronlardan foydalanish hisobiga O‘zbekiston infratuzilmasini 3D modellashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Mahsulot “Ankageo” tomonidan kommunal foydalanish uchun, xususan, Smart City, yo‘l harakati nazorati, shahar mulkini boshqarish hamda joriy infratuzilmaning (yo‘llar, quvurlar, sim tarmoqlari va boshqalar) ishlashini nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan.
Uchrashuv natijasida “Ankageo” kompaniyasi IT Park rezidentiga aylanishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi.
2021-yil 27-yanvar kuni delegatsiya Turkiya Prezidenti ma’muriyatida Turkiyaning Kadrlar bo‘limi vakillari, shuningdek, IHMG va boshqa turkiyalik IT kompaniyalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida IT Park rezidentlari o‘z xizmatlarini taqdim etishdi. Bundan tashqari, ular o‘z kompaniyalari faoliyati haqida va IT Park’ning umumiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berishdi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha Turkiya va O‘zbekistonda qo‘shma ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Uchrashuv so‘ngida, Turkiya tomoni IT Park rezidentlarini Turkiya bozorida targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirishdi.
2021-yilning 28-yanvar kuni IT Park delegatsiyasi “KOSGEB” kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon IT Park va “KOSGEB” o‘rtasida B2B hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari, shuningdek, bir-birlari bilan memorandum imzolashni muhokama qildi.
Uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya yo‘lini davom ettirib, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda IT Park’ni Turkiyada istiqomat qiluvchi vatandoshlar orasida targ‘ib qilish hamda O‘zbekiston va Turkiya uchun yagona tijorat maydonchasini ishlab chiqish muhokama qilindi.
Eng so‘ngi uchrashuv “Cyberpark” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar startaplarni rivojlantirish va inkubatsiyani targ‘ib qilish, shuningdek, Turkiyadagi rezidentlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash dasturi va Turkiyadagi texnopark rezidentlarini Silikon vodiysiga olib chiqish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida muloqot olib bordi. Ushbu masalalar delegatsiya tomonidan Turkiya tajribasini orttirish maqsadida ko‘tarildi.
Uchrashuvning oxirgi kuni, 2021-yil 29-yanvarda IT Park delegatsiyasi Turkiya Kengashining shtab-kvartirasiga uchrashuv davomida O‘zbekiston tomonidan erishilgan muvaffaqiyatlar va natijarar bilan bo‘lishish maqsadida tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun:
“Yildiz Teknopark” – ushbu texnopark 282 ta ilmiy-tadqiqot va 51 inkubator kompaniyasi hamda 7000 dan ortiq quyidagi sohalarda ilmiy-tadqiqot va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanadigan malakali xodimlarni birlashtiradi: dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya, elektronika, farmasevtika, mashina va uskunalar, kimyo, aerokosmik sanoat, energetika, mudofaa, qurilish va oziq-ovqat sanoati.
Asosiy yo‘nalishlar:
- Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish - 71%
- Kommunikatsiya tizimi - 5%
- Elektronika - 6%
- Muhandislik va mashinasozlik - 4%
- Boshqalar - 14%
Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba:
- 1-sonli kampusda - 265 ta kompaniya
- 2-sonli kampusda - 95 ta kompaniya
“ITUARI Teknokent” texnoparki global texnologiyalarni rivojlantirish sohasiga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan:
- texnologik kompaniyalar va tadbirkorlarga texnologiyalarni rivojlantirish va tijorat qilish uchun tegishli muhit va imkoniyatlarni yaratish;
- Turkiyada texnologik faoliyatni rivojlantirish va tadbirkorlik g‘oyalarini ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishish;
- izlanishni emas, balki innovatsiya uchun akademik ilmiy-tadqiqot kuchidan foydalanish.
10 ta binoli maydonchasi 1 655 000 m2 “ITU Ayazaa” kampusida faoliyat yuritadigan “ITUARI Teknokent” 2800 dan ortiq muvaffaqiyatli ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga yordam bergan (shulardan 148 tasi patentlangan) va $40 000 000 miqdoridagi eksport orqali milliy iqtisodiyotga hissa qo‘shgan.
Hozirgi kunda “ITUARI Teknokent” 290 dan ortiq ilmiy-tadqiqot kompaniyalariga ega, ularning umumiy aylanmasi 1 000 000 000 tashkil etadi, shuningdek, 7000 dan ortiq ishchilari har yili 600 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqaradi.
“Ankageo” kompaniyasi 2009-yilda axborot texnologiyalari, kartografiya va boshqarish sohasida tajriba va bilimlarni birlashtirish orqali tashkil topgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati shu uchta sohaning sohaning birikkan joyida joylashgan.
Xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan birgalikda “Ankageo” GIS va aqlli shahar ilovalari, hukumat va mobil ilovalar yordamida masshtabli yoki masshtabsiz panoramali tasvirlarni suratga olish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
2021-02-05