IT Park “ShARQ AYOLI” Xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi bilan memorandum imzoladi.

2020-yil 9-sentyabr kuni IT Park “ShARQ AYOLI” Xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi bilan memorandum imzoladi.

“ShARQ AYOLI” Xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib innovatsion takliflarning tajribali provayderi hisoblanadi.

O‘RF loyiha yutuqlari uchun fond “Microsoft 2010 yilning eng yaxshi ijtimoiy hamkori” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

2020-yilning mart oyida O‘zbekistin Respublikasi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari vazirligi ko‘magida “Ayol va raqamli iqtisodiyot” loyihasi ishga tushirildi.

Memorandum doirasida tomonlar ayollar tadbirkorligini qo‘shimcha rivojlantirish va amalga oshirish yo‘lida hamkorlik qilishga intilmoqda. Asosiy e’tibor Tumaris Tech loyihasiga doir ishlarga to‘g‘ri keladi (https://tumaris.tech/), biroq startap ekotizimlarini rivojlantirishga aloqador boshqa tijoriy hamda notijoriy hamkorlik holatlari ham muhokama qilindi.

Notijoriy hamkorlik doirasida turli donorlardan uchinchi tomon grantlarini jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirish kutilmoqda. “Ayol va raqamli iqtisodiyot” va “O‘zbekiston 21-asr raqamli formatda” (O‘RF) loyihalarini alohida qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Tomonlar kelgusida yana bir qator loyihalarni amalga oshirishga umid bog‘lagan.

2020-09-11