IT Park startapi $1.2 mln sarmoya jalb bildi

“zip24” kompaniyasi tarkibiga kirishi kutilayotgan IT Park rezidenti “Datasite Technology” “Sturgeon Capital” London sarmoyadorlari, shu bilan birga Buyuk Britaniya hamda Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (GCC), jumladan, Hayaat Group, Teqvisory biznes farishtalari va katta xususiy tadbirkor Robert Kay tomonidan o‘tkazilgan bosqichda 1,2 million AQSH dollari miqdorida sarmoya jalb qildi.

“zip24” — bu, elektron tijorat sohasida ta’minot zanjiri va amalga oshirish uchun SaaS B2B logistik boshqaruv tizimi. “zip24” tayyor omborni avtomatlashtirish funksiyasi, tarqatish va yetkazib berish, korxonada logistika biznes jarayonlarini o‘z ichiga oladi. “zip24” tizimining afzalligi quyidagilardan iborat: boshqa tizim/platformalar bilan tezkor API integratsiya, tizimdagi buyurtmalar soniga bog‘liq mavjud tarif rejalari, mijozlar uchun 24 soatlik texnik yordam, kurer va mijozlar uchun qulay UI interfeysli mahsulotning mobil versiyasi.

“Bizning vazifamiz elektron tijorat sotuvchilari, logistika operatorlari va boshqa mijozlar uchun innovatsion va tezkor rivojlanayotgan SaaS logistika yechimlarini taqdim etishdir”, - deydi “zip24” ta’sischisi va ijrochi direktori Asif Keshodia.

“zip24” investitsiyalari texnologiyalar, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, savdo, marketing va ayniqsa, O‘zbekiston poytaxtida joylashgan asosiy faoliyat bazasini yanada kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, moliyalashtirishda Toshkent, Dubay va Londonda “zip24” savdo va marketingni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi.

“zip24” mahsulotlari tufayli, biz mijozlarimizga raqobatbardosh biznes sharoitida samarador va daromadli bo‘lishlariga imkon yaratamiz. Biz allaqachon mijozlarimizga so‘nggi 12 oy davomida millionlab buyurtmalar qabul qilish va yetkazib berishlariga yordam berdik.” - deydi, “zip24” bosh direktori Muzaffar Qoraboev.

IT Park va Toshkentdagi Inha universiteti, “START local & GO global” tashabbusi doirasida iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ushbu startapning umumiy sheriklari sifatida faoliyat yuritadilar, shuningdek startapning universitet tarkibida ofis maydonini tashkil etishda ishtirok etadilar.

Kelajakdagi rejalar

“zip24” elektron tijoratning logistika texnologiyalarini yetkazib beradigan yetakchi tashkilot bo‘lishga intilmoqda.

“Biz kompaniyalarga mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashlari va operatsion xarajatlarni kamaytirishlariga yordam beramiz. Bizning yordamimiz bilan ular odatda kompaniya xarajatlarining uchdan bir qismiga teng buyurtmalarni yetkazib berish va saqlash bilan bogliq xarajatlarni kamaytirishga muvaffaq bolishadi. Sun'iy intellekt va mashina ilmi, xususan, yonalishlarni optimallashtirish, xalqaro kuzatuv, mijozlarga xizmat korsatishni boshqarish va boshqa narsalar mavjud yetkazib beruvchilarning xizmatlari uchun sarflanadigan operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Biz mijozlarimizning daromadlarini tejash bilan shugullanamiz”, - ta’kidlab o‘tdi “zip24” hamta’sischisi Asif Keshodia.

Loyiha o‘z faoliyatini Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da kengaytirishni, hamkorlar sonini ko‘paytirishni, shuningdek, 2021-yilning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada o‘z vakolatxonasini ochishni reja qilmoqda.

“Biz mijozlarimiz uchun logistika texnologiyalarini yetkazib beruvchi yetakchilardan biriga aylanishni va elektron savdo, chakana savdo, logistika, restoran, FMCG kompaniyalari, ayniqsa bu sohada o‘z faoliyatini yangi boshlayotgan kompaniyalarga yordam berishni rejalashtirmoqdamiz. “zip24” e’tibor markazida Fors ko‘rfazi, Pokiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari joylashgan. Shu o‘rinda bizning 100 dan ortiq mijozlarimiz dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida joylashganligini ta’kidlab o’tishimiz joiz.” - deydi Muzaffer Karabaev.

Sturgeon Capital fondi haqida

Sturgeon-Capital — bu, London venchur kompaniyasi bo‘lib, cheklangan va rivojlanayotgan bozorlarda yetakchi texnologik korxonalarni yaratish uchun sarmoya kiritish va yordam berishga ixtisoslashgan. Kompaniya mavjud yirik bozorlarda keskin muammolarni hal qiladigan mahsulotlar yoki xizmatlarni taklif etadigan texnologik korxonalarga yo‘naltirilgan.



IT Park va Sturgeon Capital    

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 2-oktabr kuni IT Park Sturgeon Capital LTD (Buyuk Britaniya) sarmoya fondi bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatdi. Shundan beri tomonlar texnologik ekotizimlar, startap segmentlar va O‘zbekistonda venchur kapitalni moliyalashtirishni rivojlantirishda, jumladan quyidagilarda faol hamkorlik qilib, qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar.

- muvofiq startap loyihalarning investitsiya imkoniyatlarini aniqlash, baholash, o‘zaro moliyalashtirish uchun modelni ishlab chiqish va uni aniqlash jarayoni;

- startap loyihalarni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish;

- viloyatlarda xususiy investitsiyalarning rivojlanishini rag‘batlantirish uchun xavfni kamaytirishga qaratilgan moliyaviy vositalar ishlab chiqish;

- venchur moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi tashabbus va usullarni almashish va/yoki dasturlarda ishtirok etish;

- O‘zbekistonning startap-ekotizimiga qiziqish bildirgan xorijiy venchur korxonalardan maslahat olish.

“Sturgeon “zip24”ni moliyalashtira boshlaganidan mamnun. Biz bozorning yetarlicha ochilmagan muhim muammolarini hal qila oladigan malakali tadbirkorlardan iborat jamoalar asoschilarinining birlashmasi ushbu imkoniyatni yanada jozibador qilishiga ishonamiz va kompaniyalar bilan hamkorlikka umid qilamiz.” - deydi Sturgeon Capital bosh direktori Kiyan Zandayi.





 

2021-06-28