IT Park "Startup Central Eurasia Platform" seminarini oʻtkazadi

25-26 noyabr kunlari Astrum Akademiyasida «Global raqamli liderlikning asosiy omili sifatida startap ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi – Startap Central Eurasia Platform» mavzusida seminar boʻlib oʻtadi, unda yetakchi mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadilar.

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) hamkorligida IT Park boshchiligida XEI’ga a‘zo mamlakatlarning startap ekotizimini shakllantirish yo‘lida mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlarni birlashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. 

Kimlar ishtirok eta oladi?

Seminarda vazirlik va idoralar hamda nazorat qiluvchi organlar rahbarlari, biznes-akselerator, yangidan boshlanayotgan hamda kichik va oʻrta biznes subʼyektlari, telekommunikatsiya operatorlari, asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar, ilmiy va loyiha institutlari rahbarlari va mutaxassislari, dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchilar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari va ekspertlari ishtirok etishlari mumkin.

Nima uchun seminarda qatnashish zarur?

Tadbirning asosiy spikerlari sifatida IT Park, Venchur Investitsiya Assotsiatsiyasi , Astrum Akademiyasi, Qozog‘iston moliyaviy kompaniyasi FinTech Hub AIFC, Astana Hub, Belarusning Angels Brand kompaniyasi, Gruziya Banki, Moldovadagi AKT kompaniyalari uyushmasi rahbarlari, Qirg‘iziston yuqori texnologiyalar parki, Rossiyaning Sberbank kompaniyasi va boshqalar ishtirok etadilar.

Seminarda tajriba, bilim almashish, qo‘shma tadqiqot guruhlarini yaratish, tadqiqot va vositalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash orqali aniq yo‘nalishlarda raqobatbardoshlikni oshirish uchun tematik ittifoqlar yaratish masalalari ko‘tariladi.

Xususan, tashrif buyuruvchilar uchun maxsus tematik treninglar o‘tkaziladi, ular davomida tadbir mehmonlari bilan yaqinroq tanishish, ularning aloqalarini kengaytirish, potensial biznes hamkorlarni topish va Cerebra,Namba va Clockster kabi xorijiy startaplarning muvaffaqiyatli namunalaridan yangi narsalarni o‘rganish mumkin bo‘ladi.

Tadbirkorlar va IT mutaxassislari sanoatni raqamlashtirish davrida sun’iy intellektni rivojlantirishning afzalliklari, standartlar va mamlakatlarning moliyaviy tizimlariga kirish nuqtalarini ishlab chiqish,  venchur kapitalistlari bilan samarali muloqot qilish uchun qanday koʻnikmalarni shakllantirish , investorlarni jalb qilish  uchun  startap muvaffaqiyatini o‘lchashning asosiy vositalari haqida batafsil gapirib berishadi.

Qanday ishtirok etish mumkin?

«Startup Central Eurasia Platform» seminarida ishtirok etish uchun havolaga o‘ting va anketani to‘ldiring: https://clck.ru/YyrZ6

 Muhim!  

 Seminar gibrid formatda – ham onlayn, ham oflayn rejimda o‘tkaziladi.

 Manzil – Astrum akademiyasi

2021-11-24