IT Park talabalar uchun “Students Cup” tanlovini eʼlon qilmoqda!

IT Park OTMlar qoshidagi inkubatsiya markazlari bilan hamkorlikda, Dubai Future Foundation ko‘magida Toshkentdagi 8 oliygoh talabalari o‘rtasida “Students Cup” tanloviga start bermoqda.

Tanlov talabalar oʻrtasida tadbirkorlikni va startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Qaysi oliygoh talabalari tanlovda ishtirok etishi mumkin?

1) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

2) Toshkent moliya Instituti;

3) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

4) Inha universiteti;

5) Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

6) Amity universiteti;

7) Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali;

8) Turin politexnika universiteti.

Agar siz yuqorida koʻrsatilgan universitetlaridan birida tahsil olsangiz, sizda ishtirok etish va $30 000 miqdoridagi sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish imkoniyati mavjud.

Birinchi bosqichda har bir universitetdan 2 tadan eng yaxshi loyiha saralab olinadi va ular bosh sovrin uchun boshqa oliygohlar qoshidagi inkubatsiya markazlari startaplari bilan kurashadi.

Loyihalarni baholash meʼzonlari:

  • Taklif qilinayotgan startapning dolzarbligi;
  • Startap loyihasining innovatsion texnologik yoʻnaltirilganligi va yangiligi;
  • Startap loyihaning erishgan natijalarini baholash;
  • Mahsulot yoki xizmatga boʻlgan bozordagi talabni baholash;
  • Startap loyihani tijoratlashtirish istiqbollari;
  • Loyiha usstunliklarini potensial raqobatchilarini baholash;
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi;
  • Loyihaning iqtisodiy samarasi.

Universitetlararo bosqichda gʻolib boʻlgan 3 ta eng yaxshi loyiha quyidagi miqdordagi pul mukofotiga ega boʻladi:

1-oʻrin – $15 000

2-oʻrin – $10 000

3-oʻrin – $5 000

“Students Cup” finali 2020-yilning 12-dekabr sanasida boʻlib oʻtadi.

Tanlov va unda ishtirok etish shartlari bilan batafsil tanishish uchun universitetingiz inkubatsiya markaziga murojaat qiling.

2020-12-03