IT Park TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litseyda Inkubatsiya markazini ochdi

IT Park joriy yilning 23-sentyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali qoshidagi akademik litseyda inkubatsiya markazini ochdi.

Shu munosabat bilan ochilish marosimi tashkil etildi, uning asosiy ishtirokchilari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadiqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi boshliqlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek, akademik litsey xodimlari bo‘ldilar.

Vazir tadbir davomida respublikamizning har bir hududida IT sohasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi, u yerda bo‘lajak dasturchilar va ularning startap loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.

Bundan tashqari, TATU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi, yosh robototexnika mutaxassisi Jo‘rabek Qayumovning ishlanmalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbir mehmonlari “Yosh kitobsevar” va “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” tanlovlari g‘oliblarining ijodiy chiqishlarini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Bu inkubatsiya markazi muntazam ravishda yosh avlod, shu jumladan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida tanlovlar, xakatonlar va ideatonlar o‘tkazadi. Eng istiqbolli g‘oyalar va loyihalar yetakchi IT mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan mentorlar ko‘magida amalga oshiriladi. 

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasining har tomonlama rivojlanishi har qanday davlatning gullab-yashnashiga asos hisoblanadi. Bu masalaning ahamiyatini yaqqol anglagan holda, bugungi kunda olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada samarali o‘zlashtirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda va barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

2021-09-30