Joriy yilning 30-noyabr kuni Toshkent shahri IT Park filialida Koreya Respublikasi axborot jamiyati masalalari milliy agentligi (NIA) va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) ko‘magida amalga oshirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv markazi ochildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Koreya Respublikasi elchixonasining birinchi kotibi Xeo in Su, National Information Society Agency (NIA) ekspertlar guruhi rahbari Ko Tek Jin O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Oleg Pekos, IT Park direktori Farhod Ibragimov va boshqalar ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimi vazirning qutlov so‘zi bilan boshlandi va bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida keng ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini ta’kidladi. Boshqa yo‘nalishlar bilan bir qatorda AKT sohasida ham hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
O‘z navbatida, NIA ekspertlar guruhi rahbari Ko Tek Jin O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasining ulkan salohiyatini qayd etib, ushbu soha rivojiga hissa qo‘shishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekiston-Koreya axborot texnologiyalari markazi ochilishi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, NIA va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) tomonidan amalga oshirildi. XEI eshitish qobiliyati zaif bolalarni IT mutaxassisliklariga o‘qitish uchun zarur bo‘lgan jihoz va texnikalar bilan ta’minladi.
2021-12-03