IT Park Tumaris.Tech doirasida trekerlar maktabini tashkil qildi

IT Park YellowRockets bilan birgalikda Tumaris.Tech loyihasi doirasida Trekerlar maktabini tashkil etdi. Tadbir 2-maydan 13-mayga qadar onlayn tarzda oʻtkazildi.

Oʻquv jarayonida Trekerlar maktabida murabbiy sifatida "YellowRockets" tashkilotining xalqaro mutaxassislari tomonidan mahsulotning kreativlik elementlari ustida fikr yuritish, savdo strategiyasi, biznes gipotezasini sinab koʻrish, UNIT-iqtisodiyot, biznes koʻrsatkichlari va boshqalar kabi mavzularda koʻplab amaliy ishlar tashkil etildi.

Dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlaridan startap loyihalari bilan ishlashda davom etadigan 30 nafar yuqori malakali trekerlar, mutaxassislar tayyorlandi.

Trekerlar boshlangʻich loyihalarga akseleratsiya dasturlarini oʻtash, loyihalarni ishlab chiqish va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga yordam beradi. 

YellowRockets jamoasi 9 yildan koʻproq vaqt davomida akseleratsiya dasturlarida startaplarni ishlab chiqarmoqda. Kompaniyaning vazifasi - tadbirkorlik va innovatsiyalar uchun qulay muhit yaratib, istiqbolli, iste’dodli insonlarga oʻz gʻoyalarini amalga oshirishda koʻmak koʻrsatishdir.

Eslatib oʻtamiz, Tumaris Tech — Markaziy Osiyoda IT sohasida ayollar orasida texnologik tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, IT Park tomonidan USAIDning “Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish” loyihasi koʻmagida yoʻlga qoʻyilgan.

Loyiha haqida batafsil: tumaris.tech

2022-05-16