2021-yil 52-yanvar kuni IT Park rezidentlari va turkiyalik IT kompaniyalar va tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, keyinchalik IT Park rezidentlarining Turkiya bozorida faoliyat yuritishi, shuningdek, IT xizmatlar eksportini targ‘ib qilish hamda startap ekotizimini rivojlantirishda tajriba almashish maqsadida IT Park delegatsiyasi bir qator rezident kompaniyalar bilan birgalikda Turkiyaga tashrif buyuradi.
Safar davomida IT Park delegatsiyasi bir qator turkiyalik IT kompaniyalar, asosan quyidagi kompaniyalar bilan uchrashishni rejalashtirgan:
- “KOSGEB”;
- “CyberPark”;
- “Yildiz Teknopark”;
- “Ankageo”;
- “Istanbul Technical University”.
Tashrif davomida IT Park Istanbuldagi rezidentlaridan biri – “Docline” kompaniyasi vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etadi. U yerda “Docline” va uning turkiyalik “Totrans E-ticaret ve Lojistik LTD” kompaniyasi o‘rtasida 200 000 AQSh dollarlik birinchi shartnoma imzolanadi.
Uchrashuvlardan so‘ng, IT Park kompaniyalar bilan hamkorlikning istiqbollari, IT Park rezidentlarini Turkiya bozorida targ‘ib qilish yo‘llari, shuningdek, bozorning potensiali va B2B uchrashuvlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan turkiyalik IT kompaniyalari haqida qisqacha ma’lumot:
“KOSGEB” - bu kichik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan markaz hisoblanadi. “KOSGEB” 1990-yilda tashkil topgan va u ishlab chiqarish sanoatida KO‘Blarga yordam va xizmat ko‘rsatadi. Kompaniyaning vazifasi yordam va xizmat ko‘rsatish orqali innovatsion, texnologik va raqobatbardosh tuzilishga erishish uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda KO‘B hamda tadbirkorlarning ulushini oshirishdir.
“CyberPark” - Turkiyadagi birinchi xususiy universitet texnoparki. “CyberPark” 2002-yilda Turkiyaning yetakchi universitetlaridan biri “Bilkent University” va “Bilkent Holding” tomonidan tashkil etilgan. Ushbu texnopark Turkiyadagi eng yirik texnoparklardan biri hisoblanadi. Mamlakatning birnecha mintaqalarida uning 240 ta etakchi kompaniyalari mavjud. “CyberPark” tadqiqot va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar, 5 ta tadqiqot markazi, 1 ta mikrochip zavodi, taxminan 4000 ta xodim va 115000 m2 yopiq maydonni o‘z ichiga oladi. Ushbu texnopark texnologik tadbirkorlik ekotizimida muhim rol o‘ynaydi.
“Yildiz Teknopark” – ushbu texnopark 282 ta ilmiy-tadqiqot va 51 inkubator kompaniyasi hamda 7000 dan ortiq quyidagi sohalarda ilmiy-tadqiqot va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanadigan malakali xodimlarni birlashtiradi: dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya, elektronika, farmatsevtika, mashina va uskunalar, kimyo, aerokosmik sanoat, energetika, mudofaa, qurilish va oziq-ovqat sanoati.
“Ankageo” - kompaniya 2009-yilda axborot texnologiyalari, xaritalash va boshqarish sohasida tajriba va bilimlarni birlashtirish orqali tashkil etilgan. “Ankageo” GIS va aqlli shahar ilovalari, hukumat va mobil ilovalar yordamida masshtabli yoki masshtabsiz panoramali tasvirlarni suratga olish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.
“Istanbul Technical University” – bu 250 yoshdagi Istanbul Texnik Universiteti. U dunyodagi eng qadimgi texnik universitetlardan biri hisoblanadi. “Istanbul Technical University” muhandislik va me’morchilik ta’limi bilan mashhur bo‘lgan Turkiyadagi birinchi texnik universitetdir.
2021-01-22