IT Park va EPAM Systems talabalar uchun IT laboratoriyasini yaratadi

31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov boshchiligidagi AKT vazirligi ma’sul xodimlari joriy yilning 1-4 iyun kunlari Belarus Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tadigan “TIBO-2021” XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun Minsk shahriga (Belarus) jo‘nab ketdi.

Ushbu forumda xalqaro miqyosdagi yetakchi kompaniyalar, IT-universitet rahbarlari, IT sohasi ekspertlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Qolaversa, forum doirasida turli xalqaro kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama ishbilarmonlik uchrashuvlarini otkazish kozda tutilgan.

Shunday qilib,
joriy yilning 1-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov, IT Park direktori Farhod Ibragimov Belarus “EPAM Systems” bosh direktori Pavel Shagoyko, “EPAM Systems” bosh direktori o‘rinbosari Andrey Shubaderov, Belorus “EPAM Systems” xodimlarini tayyorlash bo‘yicha direktor orinbosari Yevgeniy Peshkur bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida IT sohasida kadrlar tayyorlash uchun ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish borasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hozirgi kunda EPAM Systems’ning asosiy vazifalaridan biri - bu xalqaro miqyosdagi kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida vakolatxonaning jadal rivojlanishini ta’minlash hamda mahalliy aholi orasidan IT mutaxassislarni tayyorlashdir.

Bundan tashqari, uchrashuvda Juniordan tortib Middle IT mutaxassislarining darajasini oshirish boyicha dasturlarni ishga tushirish, OTMlardagi IT Park inkubatsiya markazlari negizida EPAM Systems laboratoriyalarini yaratish hamda EPAM Systems kompaniyalarini Toshkent shahridagi IT Park filiali binosida imtiyozli shartlar asosida ofis maydoni bilan ta’minlash muhokama qilindi

Tomonlarning hamkorligi yuqoridagilar bilan cheklanib qolmaydi. Yuqorida aytilganlardan tashqari, har ikkala tomon Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan yoshlarni jalb qilgan holda xakatonlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashishdi.

O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan IT maktablarni rivojlanishi masalasi ham suhbatni chetlab o‘tmadi. O‘zbekistondan kelgan vakillar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan IT-maktablar haqida ham aytib o‘tishdi.

Vazir yoshlarni IT-ta’lim bilan ta’minlash qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Talimga koproq urgu berishimiz kerak. Talimga kiritilgan investitsiya samarali natija olib keladi”, - deya takidladi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sodiqov.

EPAM Systems kompaniyasi haqida

IT kompaniya 1993-yilda tashkil etilgan. Kompaniya buyurtma asosida dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi hamda konsalting sohasi bo‘yicha Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ayni damda kompaniyaning filiallari dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, “EPAM Systems” Yuqori Texnologiyalar Parki rezidenti TOP-3 taligidan joy olgan, shuningdek, Belarusda IT sohasi bo‘yicha aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha TOP-3 talikka kiradi.

2019-yilda kompaniyaning filiali O‘zbekiston Respublikasida ham o‘z faoliyatini boshladi va u yerda hozirgi kunda 100 taga yaqin mutaxassis ishlaydi. Qolaversa, “EPAM SystemsIT Park rezidenti hisoblanadi.


TIBO 2021” forumi haqida

“TIBO-2021” forumi dasturi 30 dan ortiq asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. III Yevroosiyo raqamli forumi, IV Belаrus AKT sammiti, “Raqamli iqtisodiyot” forumi, "5G dasturini mobil telekommunikatsiya tarmoqlarida joriy etish va ishlatish tajribasi" nomli Xalqaro elektraloqa ittifoqining mintaqaviy o‘quv seminari shular jumlasidandir.

“TIBO-2021” tadbiri davomida “TIBO-2021” Internet mukofoti”, “Belarus ICT Startup Award” mukofoti, shuningdek, maktab o'quvchilari o'rtasida ijodiy dasturlash bo‘yicha V Xalqaro Scratch -olimpiadasining  saralash bosqichi natijalari sarhisob qilinadi.

2021-06-02