IT Park va MODME «MODME EDTECH CONFERENCE 2021» konferensiyasi tashkil qilmoda

13-mart 2021-yil “ MODME EDTECH CONFERENCE 2021” onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiya axborot texnologiyalari sohasiga qiziqadigan va ushbu sohani o'rganishni va rivojlanishni istagan barcha uchun mo‘ljallangan. IT Park ushbu anjumanning hamkori hisoblanadi.  

Konferensiyada tajribali mahalliy mutaxassislar, shuningdek, Rossiya va Avstraliyadan bo‘lgam ekspertlar ishtirok etadi va quyidagi mavzularni ko‘taradi:

- XXI asrda onlayn ta’limning ahamiyati;

- ta’limda axborot texnologiyalarini rivojlantirish;

- IT industriyaning barcha faoliyat yo‘nalishlaridagi ahamiyati.

Tadbir spikerlari:

1. IT Parkning bosh direktori - Farhod Ibragimov;

2. Modme, Selfmade, Cambridge LC asoschisi - Jahongir Po'latov;

3. LeBazar, Paynet, Khan Academy Uzbekistan asoschisi - Botir Arifdjanov

4. MyTaxi, Workly, Express24 asoschisi, - Akmal Paiziev;

5. Arzon Apteka - Nigora Oqilova;

6. BILLZ bosh direktori - Rustam Hamdamov;

7. Yandex-Workshop mutaxassisi - Andrey Melnichenko;

8. Modme asoschisi - Ruslan Yo'ldoshev;

9. Avstraliyadan texnik tadbirkor - Moustafa Xamvi.

Zamonaviy voqelik doim axborot texnologiyalari, onlayn ta'lim va IT bilan bog'liq barcha narsalarning qiymati va talabini isbotlaydi. Anjumanda ishtirok etish allaqachon o'rnatilgan ushbu fikr bilan o'rtoqlashadigan va zamondan ortda qolishni istamaydiganlar uchun foydali bo'ladi.

Sana: 2021-yil 13-mart

Vaqt: 13:00

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolahttp://conf.modme.uz/

 

2021-03-10