IT Park vakillari “IT-Education” forumida taʼlim imkoniyatlari haqida gapirib berishdi

25-oktabr kuni ICT Week 2022 doirasida Samarkandning yangi “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazida “IT-ta’lim” Forumi bo‘lib o‘tdi.

“IT-Education” forumi – bu IT-taʼlim sohasida yangi bilimlarga ega boʻlish va jadal rivojlanayotgan sanoatning eng soʻnggi yangiliklaridan xabardor boʻlish imkoniyati. Tadbir o‘qitishning innovatsion usullarini o‘rganish, yetakchi davlatlar o‘rtasida tajriba va bilim almashish, shuningdek, IT-ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.

Forum davomida IT va ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatli mutaxassislari o‘z bilim va tajribalari bilan boʻlishdilar va mavjud muammolarni hal qilish yo‘llarini muhokama qildilar.

“IT-Education” doirasida Hindiston, AQSH, Koreya Respublikasi, Belarus Respublikasi va Estoniyadan kelgan xalqaro ekspertlarning panel muhokamalari va taqdimotlari boʻlib oʻtdi.  Bundan tashqari, tadbir bir joyda yetakchi IT-kompaniyalar rahbarlari, taʼlim platformalari asoschilari hamda IT Park, TATU, Amity, Inha, Khan Academy Uzbek va boshqalar kabi Oʻzbekiston universitetlari rektorlarini birlashtirdi.

Jumladan, IT Park direktorining raqamli ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov “O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish va IT-ta’limda xalqaro tashkilotlarning roli” mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etdi. IT Park vakili tashkilotning xalqaro hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilgan tashkilotning ta'lim loyihalari haqida gapirdi, masalan: Youth Digital Skills (raqamli tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, raqamli vositalar va qulay muhitni yaxshilash orqali yoshlarning, ayniqsa ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish); eshitishda nuqsoni boʻlganlar uchun oʻquv dasturi;  Skills4Girls (12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun inklyuziv taʼlim kurslari) va boshqalar.

“Onlayn ta’lim imkoniyatlari va uning kelajagi” mavzusidagi panel muhokamasida IT Park University bosh direktori Bohodir Ayupov moderator sifatida ishtirok etdi. U ITPU talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib, universitet dasturi IT sohasida zamonaviy va talabga ega bo‘lgan kasblarni egallashga qaratilganligi va gibrid, asosan onlayn format esa respublikaning barcha hududlaridan kelgan talabalarga poytaxtga koʻchib oʻtmasdan mutaxassislik olish imkonini berishini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, “ICT Week 2022” 2022-yil 24–27-oktabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. AKT Haftaligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlanishini yanada rag‘batlantirish, erishilgan yutuqlar, imkoniyatlar, afzalliklar va innovatsiyalarni namoyish etish maqsadida tashkil etildi.

 

2022-10-26