O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.11.2022-yil sanasidagi “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash, Yangi O‘zbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.
Mukofotlanganlar orasida IT Park vakillari ham bor. IT Parkʼning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aripjanov Fayzulla Abdullaevich va IT Park yuridik bo‘limi yuridik maslahatchisi Bahridinov Nizomiddin Shaxobidinovich esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mutaxassislarning mamlakatimizda IT-industriyasini rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi ta’kidlandi.
Fayzulla Aripjanov 43 yoshda. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining telekommunikatsiya mutaxassisligi va telekommunikatsiya uzatish tizimlari magistraturasini tamomlagan.
Ish tajribasi 26 yil. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi dasturiy ta’minot ishlab chiqarish va bozorni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi; O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.
Aripjanov 2017-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
2019 yildan 2021 yilgacha – AKT vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi Milliy kontentni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i. 2021-2022 yillarda esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha prorektori bo‘lgan.
U IT Parkʼdagi faoliyatini 2022-yil boshida boshlagan. Fayzulla Aripjanov o‘zining mehnat faoliyati uchun respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida aholi va yoshlarga qulay shart-sharoit yaratish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
U IT Park filiallarini ochish va ishga tushirishda hamda respublika bo‘ylab mavjud ta’lim IT-markazlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda faol ishtirok etdi.
Uning faoliyati davomida Xorazm viloyati va Qashqadaryo viloyatida IT Park filiallari ochilgan. Bugungi kunga qadar 205 ta IT-Markazʼlar tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda.
Fayzulla Aripjanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat yig‘ilishlari, IT-sohasiga oid vazifalar doirasida mamlakatimizda o‘tkaziladigan davlat va xalqaro tadbirlarga axborot tayyorlashda faol ishtirok etmoqda.
Nizomiddin Bahridinov 37 yoshda. Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2007-yilda Toshkent Islom universitetining islom huquqi fakultetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Ish tajribasi - 13 yil. U IT Parkdagi faoliyatini 2021 yilda boshlagan.
Nizomiddin Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT Park) va oldingi ish joylarida axborot texnologiyalari sohasida qabul qilingan 10 dan ortiq qonun hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
Nizomiddin qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish va yetkazish bo‘yicha seminarlar tayyorlaydi va faol ishtirok etadi. Shu bilan birga, o‘ziga yuklangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini doimiy ta’minlab, o‘z huquq va majburiyatlarini boshqalarga o‘rnak sifatida bajardi.
U IT Parkdagi faoliyati davomida xodimlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, tashkilot mulkining saqlanishini qonuniy yo‘llar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va hokazolar bo‘yicha ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
2022-12-07