IT Park “Venture Day” forumini tashkil etmoqda!

IT Park Xalqaro elektraloqa ittifoqi bilan birgalikda 2021-yilning 24-iyun kuni mintaqaviy startap ekotizim hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan - Startup Central Eurasia doirasida “Venture Day” forumini tashkil etmoqda.

Ushbu forumning asosiy maqsadi mintaqaviy va xalqaro venchur fondlarining e’tiborini Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasiga jalb qilish, shuningdek, startap loyihalarga investitsiya kiritishda yordam ko‘rsatish va ekotizimlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Forum ikkita qismdan tashkil topgan:

- forumning birinchi qismi hamkorlik mavzusi bo‘yicha muloqot hamda investorlarni turli mintaqalardagi startap ekotizimlarining rivojlanishi bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, birinchi qism mamlakat vakillarining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida startaplarni qo‘llab-quvvatlash va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarga oid qisqa taqdimotlaridan iborat.

- forumning ikkichi qismi viloyatlar tomonidan investorlarga ingliz tilida taqdim etiladigan 20 ta eng yaxshi taqdimotni o‘z ichiga oladi.

Forum natijasida, ishtirokchilar bebaho xalqaro tajriba orttirish, eng kamida bitta investorni jalb qilish va koplab yangi tanishlarni orttirish imkoniyatiga ega bolishadi.

Forumda asosan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Sana: 2021-yil 24-iyun

Vaqti: soat 13:00 dan 16:00 gacha (Toshkent, GMT+5)

Forum formati: onlayn

Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish:

Startaplar uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScRkEB6ua-wukYGshobHgToYc7wSDlCyJv0QHIm79fzqUN5JA/viewform 

Tinglovchilar uchun: https://forms.gle/Rzmt1mNmgPffwgw6A 

XEI o‘zi nima?

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union, ITU) – bu telekommunikatsiya va radioga doir tavsiyalarni berib boradigan, shuningdek, radiochastotalardan xalqaro darajada foydalanishga oid masalalarni tartibga solishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotdir. XEI xalqaro telegraf ittifoqi sifatida 1865-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1947- yildan buyon BMTning ixtisoslashtirilgan agentligi hisoblanadi. Xalqaro elektraloqa ittifoqiga 193 ta davlat, shuningdek, 900 ga yaqin kompaniya, universitet hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar a’zo bo‘lgan.

2021-05-24