IT Park xalqaro universitetlarning anjumanida ishtirok etdi

6-oktyabr kuni IT Park “Unbounded universities forum: Asia-Pacific” videokonferensiyasida ishtirok etdi, unda xalqaro kompaniyalar va universitetlar rahbarlari ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklar haqida, oliy o‘quv yurtlarini tamomlagandan so‘ng yoshlarning bandlik darajasini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik to‘g‘risida gapirib berishdi.

Anjumanning asosiy spikerlari IT Park direktori Farhod Ibragimov, “THE” loyihalari moderatori va muharriri Alistar Lourens, Coursera’ning Hindistondagi mintaqaviy ofisi boshqaruvchi direktori Ragav Gupta, Amerika xalqaro universiteti Vitse-kansleri Karmen Lamanya, Mahindra universiteti Vitse-kansleri Yazh Meduri, Bruney Xalqaro munosabatlar universiteti Vitse-kansleri Joys Teo va boshqalar bo‘ldi.

Anjuman davomida yashash joyidan qat’i nazar, barcha talabalar uchun sanoatni raqamlashtirish davrida ko‘p tarmoqli ta’lim berish masalalari ko‘tarildi. Bundan tashqari, spikerlarning har biri o‘z mamlakatining IT ta’limini rivojlantirish tajribasi bilan bo‘lishdi.

Xususan, IT Park direktori Farhod Ibragimov axborot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston aholisining keng qatlamlariga sifatli va arzon ta’lim berish maqsadida tez orada ochilayotgan “IT Park University” IT universitetini yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda rivojlantirish rejalari haqida so‘zlab berdi.

«Mamlakatda IT sohasi tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi sababli, O‘zbekiston hukumati oldiga maktablardanoq ta’lim jarayonlariga axborot texnologiyalarini joriy etish vazifasi qo‘yildi. Shu sababli, 2019 yilda yoshlarni ma’lumotlarni tahlil qilish, android dasturlash, frontend va backend dasturlashni o‘rgatishga yo‘naltirilgan “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishga tushirildi. 

O'qishni tamomlagandan so‘ng, abituriyentlar axborot texnologiyalari nima ekanligi va nima uchun aynan shu yo'nalishda rivojlanish kerakligi haqida tushunchaga ega bo‘lishadi. IT Park University’da o‘qishning asosiy afzalligi shundaki, 450 dan ortiq rezident kompaniyalar rahbarlari mehnatsevar talabalarni ishga joylashtirishga va ularni tajribali mutaxassislar bo‘lish yo'lida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga shay bo‘lishadi. Shunday qilib, yoshlar IT Park ekotizimi ichida o‘sishi va rivojlanishlari uchun to‘liq imkoniyatga ega bo‘ladilar – maktabdan ishga joylashishgacha”, - dedi IT Park direktori Farhod Ibragimov.

Joriy yilning noyabr oyida IT Park vakillari Bangladeshdagi Amerika xalqaro universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun Bangladeshda o‘tkaziladigan raqamli forumda ishtirok etishni rejalashtirmoqdalar, u yerda ular axborot texnologiyalari va ta’lim sohasida tajriba va bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu kabi anjumanda ishtirok etish mamlakatimizning axborot texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish va startap ekotizimini shakllantirish uchun dunyoning yetakchi IT kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish imkonini beradi. Yoshlar tajribali IT mutaxassislar timsolida ustozlarni topishlari, o‘z IT loyihalari ustida mustaqil ishlashlari va O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin bo‘ladi!

2021-10-08